Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

An’anaviy taomlar. 
An’anaviy taomlar Yevropaning turli qismla- 
rida sezilarli darajada farqlanadi. Janubiy Yevropada bug‘doy noni 
yeyishsa, shimolda bug'doy bilan bir qatorda javdar unidan non ham 
tarqalgan. Shimolda taomga mol y o g i ishlatilsa, janubda o‘simlik 
yogidan foydalaniladi. Ichimliklardan Buyuk Britaniya, Irlandiya, 
shuningdek Niderlandiyada choyni ma’qul ko‘rishsa, boshqa mam­
lakatlarda - kofe, xususan, Markaziy Yevropada uni sut yoki suyuq 
qaymoq bilan ichishsa, Janubiy Yevropada qora kofeni yoqtirishadi. 
Janubiy mamlakatlar ertalab nonushtada taomni juda kam iste’mol 
qilishsa, shimoliy mamlakatlarda, aksincha, nonushtaning baquvvat 
boiishini yoqtirishadi. Janubda ko‘proq tabiiy mevalami iste’mol 
qilishadi. Sohilbo‘yi hududlarida baliq va dengiz mahsulotlari aholi 
taomlarida katta o‘rin egallaydi.
Regional xususiyatlar bilan birga har bir xalq taomida o‘ziga 
xosliklar ham mavjud. Jumladan fransuzlar boshqa xalqlar bilan 
qiyoslaganda non mahsulotlari, bulochkalami ko‘p iste’mol qiladi- 
lar. Salatlar, birinchi va ikkinchi taomlami tayyorlashda fransuzlar 
ko‘plab sabzavot, yer ildizli kartoshkaning turli navlari, piyoz, karam, 
ko‘katlar, loviya, pomidor, baqlajonlardan foydalanishadi. G‘arbiy 
Yevropaning boshqa xalqlariga nisbatan, pishloqni hisoblaganda sut 
va sut mahsulotlarini kam ishlatadilar. Fransuz pishloqlarining yuzlab 
xillari b o iib , ular orasida yashil rangli — rokfor va yumshoq kamam- 
berlar eng mashhurlaridir. Bifshteks, qovurilgan fri, beshamel - oq 
qayla bilan qovurilgan go‘sht fransuzlaming sevimli taomlaridir. Turli 
qaylalar fransuzlar tomonidkn ikkinchi taomlar, salatlar bilan birga
272


dasturxonga tortiladi. Birinchi taomlardan piyozli, pishloqli sho‘rva 
keng tarqalgan. Fransuz oshxonasi tansiq taomlari qatorida ustritsa, 
chig‘anoq, katta qurbaqalaming qovurilgan orqa oyoqlari mavjud. 
Fransuzlar vino ichishda dunyoda birinchi o‘rinda. Uni tushlikda va 
kechki taom bilan ichishadi. Musallas odamlami mast qilmasdan kay- 
fiyatlarini ko‘taradi, xolos.
Italiyaliklaming sevimli taomlari makaronning turli xillaridan 
(pasta) qilinadi. Pastani tomat sousida, o‘simlik yog‘ida pishloq yoki 
go‘shtli qayla bilan yoyishadi. Loviya, no‘xat, rangli karam alohi­
da tortiladi. Italiyaliklar taomnomasida ham pishloqlar ancha o‘rin 
egallaydi. Uning an’anaviy turlari parmezan (sho‘r, quruq, qattiq), 
matsarella (qo‘toslar sutidan pishloq), pekarino (sho‘r, quruq qo‘y 
sutidan)lardir. Italiyaliklar rizotto - vetchinali guruchli taom, qiril- 
gan pishloq, piyoz, krevetka (qisqichbaqa) va qo‘ziqorinli, polenta -
quyuq makkajo‘xori bo'tqasi (uni stolga tortishdan oldin pichoq bilan 
bo'lakchalarga kesishadi) va h.k.larni yeyishadi. Ziravorlardan itali­
yaliklar kapers (shu nomdagi o'simlik kurtaklari), sikoriy va muskat 
yong‘og‘ini ishlatishadi.
Inglizlar nisbatan ko‘p go\sht (mol, buzoq, qo'y, semiz boim agan 
cho‘chqalar) iste’mol qilishadi. Eng mashhur taomlari rostbif va 
bifshteks. Go‘sht bilan odatda tomat sousi, pikuli (mayda marinadlan- 
gan sabzavotlar), kartoshka va yangi sabzavotlami tortishadi. Ingliz- 
laming an’anaviy taomlari ichida turli pudinglar, go‘shtli, sabzavotli 
taomlar (ulami ikkinchi taom sifatida qo‘yishadi), shuningdek shirin 
mevalardan (desert) tortiladi. Inglizlar ertalab porrij deb nomlangan 
suli unidan suyuq bo‘tqani, bug‘doy yoki makka bo‘lakchalarini sut 
bilan yeyishni xush ko‘rishadi. Birinchi taomlardan turli sho‘rvalar 
va pyure sho‘rvasini dasturxonga tortadilar. Bayramlarda inglizlar 
turli an’anaviy taomlarni tayyorlaydilar. Ulardan biri Rojdestvoga 
cho‘chqa yog‘i (salo), non ushoqlari, un, mayiz, qand, tuxum va turli 
ziravorlardan - plam puding tayyorlanadi. Uning ustiga rom quyib, 
yondirib dasturxonga qo‘yishgan. Shotlandlar an’anaviy taomlari 
inglizlarnikiga o‘xshash, lekin o‘ziga xosliklarga ega. Shotlandlar
273


qora puding va suli uni, cho‘chqa yog‘i va piyozdan oq puding tayy- 
orlashadi. Shotlandlar inglizlarga nisbatan turli taomlar tayyorlashda 
yormalardan ko‘p foydalanishadi. An’anaviy shotland taomi qo‘y 
yoki buzoqning tozalangan qornidan, suli uni, piyoz va qalampirdan 
tayyorlanadi.
Nemislar uchun turli kolbasalar, sosiska va sardelkalar iste’mol 
qilish xususiyatli. Keng tarqalgan taomlardan biri tuzlangan karam- 
ni dimlab sosiska bilan yeyishdir. Nemislar cho‘chqa va qushlar 
go‘shtidan turli taomlar qilishadi. Sabzavotlami odatda qaynatib 
tayyorlashadi. Rangli karam, oddiy karam, loviya, sabzi keng iste’mol 
qilinadigan sabzavotlardir. Nemislar tuxumdan ham ko‘plab taomlar 
tayyorlashadi. Nonushtaga har xil buterbrodlar qilinadi. An’anaviy 
ichimliklari - pivo.
Skandinaviya xalqlari taomlarida asos turli baliqlar va dengiz 
mahsulotlaridir. Daniyaliklar, shvedlar, norvegiyaliklar, islandlar 
dasturxonida baliq kundalik taomdir. Daniyaliklar seld, makrel, ilon- 
baliq, qalqonbaliq va losos baliqlarini qaynatilgan yoki tuzlangan 
holda yeyishadi. Dudlangan yoki quritilgan baliq kamroq tarqalgan. 
Norvegiyaliklaming sevimli taomlari - seldni kartoshka bilan yeyish­
dir. Ular qovurilgan treska, qalqonbaliq, paltusni ham ko‘p iste’mol 
qiladilar. Ularning eng e’zozli taomlari - klipfisk - qoyalarda quri­
tilgan, boshi kesib olingan treskadir. Skandinaviya xalqlarida ham 
buterbrodni yeyish keng tarqalgan. Daniyada buterbrodni oshxona 
qiroli deyishadi. Hududda buterbrodlarning 700 xilini tayyorlashadi. 
Murakkab buterbrodlar bir necha qavat qilinib, unda bekon, pomidor, 
jigardan pashtet, oq redis va h.k.lar boMadi. Skandinaviyaliklar osh- 
xonasida sutning o‘mi katta. Uni yangiligida ichishadi, turli bo‘tqa 
va sho‘rvalar qilishadi. Kartofeldan tayyorlangan taomlarga qo‘shib 
ichishadi. Undan turli mahsulotlar: qaymoq, tvorog, qatiq qilishadi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin