Sulavesi orollari aholisi etnik tarkibi ham murakkab, uning shimoli
da minaxaslar yashasa, janubda sohil bo'yida buglar va makasarlar o‘rta
asrlardayoq mustaqil knyazliklar tuzishgan. Sulavesining ichki hudud-
larida tarajlar guruhidagi xalqlar yashaydi. Sulavesining ichki rayon-
laridagi aholi XIX asrda ham o‘z taraqqiyoti bo‘yicha qo‘shnilaridan
ancha orqada edi. Eng kam sonli qoloq qabila - tololar g‘orlarda yashab
tosh asri darajasida boiganlar. Bugungi kunda bu
xalqlaming turmushi
va madaniyati qo‘shni xalqlamikiga yaqinlashib qoldi.
Yava orolidan sharq tomondagi Kichik Zond orollari (Nusa-Ten-
garra)da baliliklar. sumbavalar va boshqa o‘ziga xos yorqin madani
yat yaratgan xalqlar yashamoqdalar.
Yana ham sharqroqda Molukka orollari yastanib yotadi. Ulaming
ayrimlari tub aholisi o‘rta asrlarda deyarli qirib bitirilgan yoki qul-
likka sotilgan. Ispan va portugal qul savdogarlari bu yerlarga ziravor-
lar, iforli o‘simliklar izlab kelganlar. Shuning uchun Molukka zamo
naviy aholisining ko‘pchiligi Indoneziyaning g‘arbiy viloyatlaridan
chiqqan aholidir.
Indoneziyaning eng sharqiy viloyati
Irian-Jaya - Yangi Gvineya
orollarining bir qismi aholisi o'tmishda papuaslar bo‘lgan. So‘nggi
o‘n yilliklarda Indoneziyaning aholisi zich g‘arbiy qismidan aholi
kowchirib kelinib, sohildagi yerlarga joylashtirilmoqda.
Indoneziya orollaridagi (Yava, Sumatra, Kalimantan) shaharlarda
ko‘plab xitoyliklar, hindistonliklar yashaydi.
Ular asosan savdo, hu-
narmandchilik, ishlab chiqarishda, sudxo‘rlik va xizmat ko‘rsatish
sohalarida mashg‘ullar. Filippinning eng ko‘p sonli aholisi bisayya
(yoki visayya)lar umumiy aholining deyarli yarmini tashkil qiladi.
Bisayyalar Mindanao, Samar, Leyte, Sebu
va yana bir qator katta-
kichik orollarda yashaydilar. Aholi soni bo‘yicha ikkinchi bo‘lgan ta-
gallar (25% ga yaqin) arxipelagning katta orollarida yashaydilar. Bu
xalqlaming barchasi indoneziyaliklar singari malay tillar guruhida
so‘zlashadi. Filippinning ko‘pcbilik aholisi katolik, xristianlar qatori
unchalik katta boim agan moro (Mavrlaming ispancha atamasi)lar
islom diniga mansub. Filippinda ham yuksak taraqqiy etgan sivili-
177
zatsiyalashgan xalqlar qatorida alohida guruhlar, ancha qoloq va hatto
ibtidoiy qabilalar ham saqlangan. Ulardan biri aeta - ichki o‘tish qi-
yin boigan to g ii hududlarda yashaydi. Filippinning davlat tili - tagil
(pilipino ham deyishadi) va ingliz tillaridir.
Dostları ilə paylaş: