Axborot xavfsizligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/197
tarix04.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#141469
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   197
GANIEV S axborot xavfsizligi

 
Nazorat savollari: 
1.
Bella-Lapadulaning mandatli modelini tushuntirib bering. 
2.
Xarrison-Ruzzo-Ulmanning diskretsion modeli va Bella-Lapadulaning 
mandatli modellarining o‘zaro farqi. 
3.
Mandatli model asosida foydalanishni nazoratlashda qo‘llaniladigan 
asosiy qoidalarni tushuntirib bering. 
 
4.3. Xavfsizlikning rolli modeli 
 
Rolli model xavfsizlik siyosatining mutlaqo o‘zgacha xili hisoblanidiki, bu 
siyosat diskretsion modelga xos foydalanishni boshqarishdagi moslanuvchanlik 
bilan mandatli modelga xos foydalanishni nazoratlash qoidalarining qat’iyligi 
orasidagi murosaga asoslangan. 
Rolli modelda “sub’ekt” tushunchasi “foydalanuvchi” va “rol” tushunchalari 
bilan almashtiriladi. Foydalanuvchi – tizim bilan ishlovchi va ma’lum xizmat 


79 
vazifalarini bajaruvchi odam. Rol – tizimda faol ishtirok etuvchi abstrakt 
tushuncha bo‘lib, u bilan ma’lum faoliyatni amalga oshirish uchun zarur 
vakolatlarining chegaralangan, mantiqiy bog‘liq to‘plami bog‘langan.
Rol siyosati keng tarqalgan, chunki bu siyosat boshqa qat’iy va rasmiy 
siyosatlardan farqli o‘laroq real hayotga juda yaqin. Haqiqatan, tizimda ishlovchi 
foydalanuvchilar shaxsiy ismidan harakat qilmay, ma’lum xizmat vazifalarni 
amalga oshiradi, ya’ni o‘zlarining shaxsi bilan bog‘liq bo‘lmagan qandaydir 
rollarni bajaradi. 
Shu sababli foydalanishni boshqarish va vakolatlarni berish real 
foydalanuvchilarga emas, balki axborot ishlashning ma’lum jarayonlari 
qatnashchilarini ifodalovchi abstrakt rollarga berish mantiqqa to‘g‘ri keladi. 
Xavfsizlik siyosatiga bunday yondashish tatbiqiy axborot jarayon qatnashchilari 
orasida vazifa va vakolatlarining bo‘linishini hisobga olishga imkon beradi, chunki 
rolli siyosat nuqtai nazaridan axborotdan foydalanishni amalga oshiruvchi 
foydalanuvchining shaxsi emas, balki unga xizmat vazifasini o‘tashga qanday 
vakolatlar zarurligi ahamiyatlidir. Masalan, axborotni ishlovchi real tizimda tizim 
ma’muri, ma’lumotlar bazasi menedjeri va oddiy foydalanuvchilar ishlashi 
mumkin. 
Bunday vaziyatda rolli siyosat vakolatlarni ularning xizmat vazifalarga mos 
holda taqsimlashga imkon beradi: ma’mur roliga unga tizim ishini nazoratlashga 
va tizim konfigurasiyasini boshqarishga imkon beruvchi maxsus vakolatlar 
beriladi, ma’lumotlar bazasining menedjeri ma’lumotlar bazasi serverini 
boshqarishni amalga oshirishga imkon beradi, oddiy foydalanuvchilarning xuquqi 
esa tatbiqiy dasturlarni ishga tushirish imkonini beruvchi minimum orqali 
chegaralanadi. Undan tashqari, tizimda rollar soni real foydalanuvchilar soniga 
mos kelmasligi mumkin – bitta fodalanuvchi, agar unga turli vakolatlarni talab 
qiluvchi turli vazifalar yuklangan bo‘lsa, bir nechta rolni (ketma-ket yoki parallel) 
bajarishi mumkin, bir nechta foydalanuvchilar bir xil ishni bajarsa, ular bir xil 
roldan foydalanishlari mumkin. 
Rolli siyosat ishlatilganida foydalanishni boshqarish ikki bosqichda amalga 


80 
oshiriladi: birinchi bosqichda har bir rol uchun ob’ektdan foydalanish xuquqlari 
to‘plamidan iborat vakolatlar to‘plami ko‘rsatiladi, ikkinchi bosqichda har bir 
foydalanuvchiga uning qo‘lidan keladigan rollar ro‘yxati tayinlanadi. Rollarga 
vakolatlar eng kichik imtiyoz prinsipida tayinlanadi, ya’ni har bir foydalanuvchi 
o‘zining ishini bajarish uchun faqat minimal zarur vakolatlar to‘plamiga ega 
bo‘lishi shart. 
Rolli model tizimni quyidagi to‘plamlar ko‘rinishida tavsiflaydi (4.1-rasmga 
qaralsin): 
4.1-rasm. Foydalanishni boshqarishning rolli modeli 
– foydalanuvchilar to‘plami; 
– rollar to‘plami; 
– ob’ektdan foydalanish vakolatlari to‘plami (masalan, foydalanish 
xuquqlari matritsasi ko‘rinishida); 
– foydalanuvchilarni tizim bilan ishlash seanslari to‘plami. 
Yuqorida sanab o‘tilgan to‘plamlar uchun quyidagi munosabatlar 
belgilanadi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin