155
ishlatilishi shart.
Foydalanuvchini
autentifikatsiyalash
uchun
bir
martali
paroldan
foydalanishning uchinchi usuli foydalanuvchi va tekshiruvchi uchun umumiy
bo‘lgan bir xil dastlabki qiymatli psevdotasodifiy sonlar generatoridan
foydalanishga asoslangan. Bu usulni amalga oshirishning quyidagi variantlari
mavjud:
o‘zgartiriluvchi bir martali parollar ketma-ketligi. Navbatdagi
autentifikatsiyalash sessiyasida foydalanuvchi aynan shu sessiya uchun oldingi
sessiya parolidan olingan maxfiy kalitda shifrlangan parolni yaratadi va uzatadi;
bir tomonlama funksiyaga asoslangan parollar ketma-ketligi. Ushbu
usulning mohiyatini bir tomonlama funksiyaning ketma-ket ishlatilishi
(Lampartning mashhur sxemasi) tashkil etadi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan bu usul
ketma-ket o‘zgartiriluvchi parollar usuliga nisbatan afzal hisoblanadi.
Keng
tarqalgan
bir
martali
paroldan
foydalanishga
asoslangan
autentifikatsiyalash protokollaridan biri Internet da standartlashtirilgan S/Key
(RFC1760) protokolidir. Ushbu protokol masofadagi foydalanuvchilarning
haqiqiyligini tekshirishni talab etuvchi ko‘pgina tizimlarda, xususan, Cisco
kompaniyasining TACACS+tizimida amalga oshirilgan.
Dostları ilə paylaş: