Axborot xavfsizligi


Himoyaning profilaktika choralari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/197
tarix04.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#141469
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   197
GANIEV S axborot xavfsizligi

Himoyaning profilaktika choralari. 
Har bir kompyuterda viruslar bilan 
zaharlangan fayllar va disklarni o‘z vaqtida aniqlash, aniqlangan viruslarni 
tamomila yo‘qotish virus epidemiyasining boshqa kompyuterlarga tarqalishining 
oldini oladi. Har qanday virusni aniqlashni va yo‘q qilishni kafolatlovchi mutloq 
ishonchli dasturlar mavjud emas. Kompyuter viruslari bilan kurashishning muhim 
usuli o‘z vaqtidagi profilaktika hisoblanadi. 
Virusdan zaharlanish ehtimolligini jiddiy kamaytirish va disklardagi 
axborotni ishonchli saqlanishini ta’minlash uchun quyidagi profilaktika choralarini 
bajarish lozim: 
- faqat qonuniy, rasmiy yo‘l bilan olingan dasturiy ta’minotdan foydalanish; 
- kompyuterni zamonaviy virusga qarshi dasturlar bilan ta’minlash va ular 
versiyalarini doimo yangilash; 


200 
- boshqa kompyuterlarda disketda yozilgan axborotni o‘qishdan odin bu 
disketda virus borligini o‘zining kompyuteridagi virusga qarshi dastur yordamida 
doimo tekshirish; 
- axborotni ikkilash. Avvalo dasturiy ta’minotning distributiv eltuvchilarini 
saqlashga va ishchi axborotning saqlanishiga e’tibor berish; 
- kompyuter tarmoqlaridan olinuvchi barcha bajariluvchi fayllarni 
nazoratlashda virusga qarshi dasturdan foydalanish; 
- kompyuterni yuklama viruslardan zaharlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, 
operasion tizim ishga tushirilganida yoki qayta yuklanishida diskovod cho‘ntagida 
disketani qoldirmaslik. 
Virusga qarshi dasturlarning har biri o‘zining afzalliklariga va 
kamchiliklariga ega. Faqat virusga qarshi dasturlarning bir necha xilini kompleks 
ishlatilishi maqbul natijaga olib kelishi mumkin. 
Quyida virusdan zaharlanish profilaktikasiga, viruslarni aniqlash va 
yo‘qotishga mo‘ljallangan ba’zi dasturiy komplekslar tavsiflangan. 
AVP (Antivirus Kasperskogo Personal) – Rossiyaning virusga qarshi paketi. 
Paket tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- OfficeGuard – blokirovka qiluvchi, makrovirusdan 100% himoyalanishni 
ta’minlaydi; 
- Inspector – taftishchi, kompyuterdagi barcha o‘zgarishlarni kuzatadi, virus 
faolligi aniqlanganida diskning asl nusxasini tiklashga va zarar keltiruvchi kodlarni 
chiqarib tashlashga imkon beradi; 
- Monitor – viruslarni ushlab qoluvchi, kompyuter xotirasida doimo hozir 
bo‘lib, fayllar ishga tushirilganida, yaratilishida yoki nusxalanishida ularni virusga 
qarshi tekshiradi; 
- Scanner – virusga qarshi modul, lokal va tarmoq disklar tarkibini keng 
ko‘lamli tekshirish imkonini beradi. Skanerni qo‘l yordamida yoki berilgan vaqtda 
avtomatik tarzda ishga tushirish mumkin; 
- Dr.Web – Rossiyaning virusga qarshi ommaviy dasturi, Windows 
9x/NT/2000/XP uchun mo‘ljallangan bo‘lib, faylli, yuklama, va fayl-yuklama 


201 
viruslarni qidiradi va zararsizlantiradi. Dastur tarkibida rezident qorovul Spider 
Guard, Internet orqali virus bazalarini yangilashning avtomatik tizimi va avtomatik 
tekshirish jadvalini rejalashtiruvchi mavjud. Pochta fayllarini tekshirish amalga 
oshirilgan. Dr.Web da ishlatiluvchi algoritmlar haqida ma’lum bo‘lgan barcha 
virus xillarini aniqlashga imkon beradi. Dr.Web dasturining muhim xususiyati – 
oddiy signaturali qidirish natija bermaydigan murakkab shifrlangan va polimorf 
viruslarni aniqlash imkoniyatidir; 

Symantec 
Antivirus 
– Symantec kompaniyasining korporativ 
foydalanuvchilarga taklif etgan virusga qarshi mahsuloti nabori.Symantec 
mahsulotidan ishchi joylarining umumiy soni 100 va undan ortiq bo‘lganida va 
bo‘lmaganda bitta Windows NT/2000/NetWare serveri mavjudligida foydalanish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu paketning bashqalardan ajralib turadigan 
xususiyati quyidagilar: 
- boshqarishning ierarxik modeli; 
- yangi virus paydo bo‘lishiga reaksiya qilish mexanizmining mavjudligi. 
- AntiVir Personal Edition – virusga qarshi dastur AVP, Dr.Web va h.lar 
imkoniyatlaridek imkoniyatlarga ega. Dastur komplektiga quyidagilar kiradi: 
- disklarni skanerlovchi; 
- rezident quriqchi; 
- boshqarish dasturi; 
- rejalashtiruvchi. 
Dastur Internet dan yuklanuvchi fayllarni skanerlaydi. Internet orqali 
yangilanishlarni avtomatik tarzda tekshirish va yuklash funksiyasi ham mavjud. 
Dastur xotirani, yuklanish sektorini tekshirishda ishlatiladi va unda viruslar 
bo‘yicha keng ko‘lamdagi ma’lumotnoma mavjud. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin