Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Dinshunoslikka kirish

N.A. Muxamedov
– TIU «Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy 
o‘rganish YUNESKO» kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Sh.O. Madayeva
– O‘zMU «Falsafa va mantiq» kafedrasi dotsen­
ti, f.f.d.
ISBN 978­9943­5489­5­4
© «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2018.


3
KIRISH
Ijtimoiy­ma’naviy hayot, milliy va demokratik taraqqiyotning 
uyg‘unligi millat, mamlakatning yuksalib, dunyoga yuz tutish ja­
rayoni yosh avlodning ma’naviy qiyofasi, tafakkur tarzi, milliy, 
diniy, umuminsoniy qadriyatlarni o‘zlashtirishdagi ko‘nikma va 
bilimlariga chambarchas bog‘liq. Zero, dinni xolis, ilmiy tadqiq 
etish, uni yaxlit ijtimoiy fenomen sifatida o‘rganish uning bugun­
gi holati va din bilan bog‘liq masalalarni tizimli tahlil qilish va 
istiqbolini belgilash imkonini beradi. Dinshunoslik fanini o‘rga­
nishga kirishishda sohaga oid asosiy tushunchalar bilan yaqindan 
tanishish, uning dolzarb muammolaridan boxabar bo‘lish din­
ni o‘rganishda to‘g‘ri yondashuvning shakllanishiga asos bo‘ladi. 
«Dinshunoslikka kirish» fani bo‘lajak dinshunos mutaxas­
sislar uchun mo‘ljallangan maxsus kurs bo‘lib, unda din bilan 
bog‘liq ma’lumotlarni xolis, ilmiy tahliliy tadqiq etish ko‘nikma 
va malakalari shakllantiriladi. Zero, din dinshunoslik fanining 
o‘rganish obyekti bo‘lish bilan birga, har bir kishining e’tiqodi 
hamdir. E’tiqod masalasiga esa turli din vakillari orasida e’tiroz 
va norozilik paydo bo‘lmasligi uchun hurmat va e’tiyotkorlik bi­
lan yondashish talab etiladi. 
Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarda din haqida xolis, to‘g‘ri 
dunyoqarashni shakllantirish, turli dinlarning kelib chiqishi, maz­
mun­mohiyati ta’limoti va tarixi haqida umumiy ilmiy tushun­
chalar berishdan iborat. Shuningdek, talabalarda din va uning 
turli shakllari, ta’limoti, yo‘nalishi va oqimlari haqida xolis il miy 
xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish, vijdon erkin­
ligi talablariga amal qilish mezonlarini to‘g‘ri belgilash, milliy 
va diniy qadriyatlar uyg‘unligining o‘ziga xos jihatlarini talabalar 
ongiga singdirishdan iborat. 
Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun talabalarga dinshunos­
lik fanining dinni o‘rganishdagi yondashuvlari, dinshunoslikning 
sohalari, fanning asoschilari, dinshunoslikning boshqa sohalar 
bilan o‘zaro aloqalari haqida aniq va atroflicha ma’lumot be rish 


4
talab etiladi. Bo‘lajak dinshunoslar mutaxassislik fanini o‘rga­
nishga kirishishdan oldin dinning jamiyat va insonlar ichki dun­
yosida tutgan o‘rni, uni o‘rganishda nimalarga e’tiborni qaratish 
kerak ligini bilishlari lozim bo‘ladi. Dunyoda mavjud dinlarga xos 
bo‘lgan umumiy va xususiy jihatlarni tahliliy o‘rganish qo‘yilgan 
maqsad va vazifalarni amalga oshirishda asosiy omil bo‘lib xiz­
mat qiladi.
Markaziy Osiyo hududida VIII asrdan boshlab islom dini 
mahalliy xalqlarning asosiy e’tiqodi bo‘lib qoldi. Shu sabab­
li ham uning shaxs, oila, jamiyat hayotida tutgan o‘rni, o‘lka 
madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirishga qo‘shgan hissasi ha­
qida yoshlarni xolis, ilmiy asosdagi ma’lumotlar bilan qurollan­
tirish ularda g‘oyaviy immunitetning mustahkam bo‘lishiga yor­
dam beradi.
Ushbu fanni o‘qitish mobaynida milliy va diniy qadriyatlar­
ning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar­
ga uyg‘unlashishi, hozirgi mustaqil O‘zbekiston sharoitidagi aha­
miyati yoritib beriladi. Fanni o‘qitishda O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»­
gi Qonun, Jinoyat, Fuqarolik, Oila kodekslaridagi din va vijdon 
erkinligi haqidagi ko‘rsatmalar, qoidalar dasturulamal bo‘lib xiz­
mat qiladi.
«Dinshunoslikka kirish» fanini o‘qitish va o‘rganishda qu­
yidagilarga alohida e’tiborni qaratish talab etiladi:
– chuqur ilmiylik, tarixiylik, xolislik tamoyillariga amal qi­
lish;
– talabalarning diniy ong darajasini hisobga olish, diniy 
his­tuyg‘ulariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish;
– dinni qo‘pol ateistik ruhda tanqid qilish yoki diniy va’ z­
xonlik qilish, bir dinni ikkinchi dindan ustun qo‘yish qonunga 
zid ekanligini e’tibordan chetda qoldirmaslik;
– dinshunoslikdan ma’ruza, amaliy (seminar) mashg‘ulotlar­
ga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida faqat o‘quv qo‘l­
lanmasidagi ma’lumotlar bilan chegaralanmasdan, balki birlam­


5
chi muqaddas manbalar matnlari yordamida nazariy g‘oyalarni 
asoslab berish;
– talabalarning mazkur fan mazmunini chuqur o‘zlashti­
rishlariga erishish uchun ularda din haqida ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirish, olgan bilimlari asosida muayyan voqea va hodisa­
larga ongli ravishda mustaqil fikr bildira olish salohiyatini shakl­
lantirish;
– talabalarda muayyan shaxslarning diniy doiradagi xatti­
hara katlari davlat qonunlari va vijdon erkinligi tamoyillariga mos 
yoki mos emasligini aniqlash imkoniyatini shakllantirish;
– mustaqil O‘zbekistonda din, diniy tashkilotlar davlatdan 
ajratilgan, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik har bir kishining 
shaxsiy ishi ekanligini talabalarga tushuntirish;
– din ma’naviyat va madaniyatning tarkibiy qismlaridan bi­
ri ekanini, uni siyosiylashtirishga yo‘l qo‘ymaslik lozimligini uq­
tirish.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Kari­
movning o‘zbek xalqining ma’naviy merosi, dini, milliy qadri­
yatlari haqida bildirgan fikr, g‘oya, xulosalari, ta’rif va tavsiflari 
mustaqil Vatanimizda dinshunoslik fanini o‘rganishda nazariy asos 
bo‘lib xizmat qiladi. Dinshunoslik fan sifatida tiklanishi va uzluk­
siz ta’lim tizimiga kiritilishi yurtimiz fuqarolariga dinning ilmiy­
lik, tarixiylik, obyektivlik, shaxsiy va ijtimoiy hayot bilan bog‘liqlik 
tomonlarini chuqur idrok etishlari uchun yordam beradi.
Dinshunoslikning asosiy fanlar qatorida o‘qitilishi O‘zbekis ton 
Respublikasi mustaqilligining sharofatidir. Zero, din, dindorlar 
va diniy tashkilotlarga nisbatan davlat tomonidan adolatli siyosat­
ning o‘rnatilishi vijdon erkinligi konstitutsion kafolatla nishining 
belgisidir. Xalqimizning boy madaniy va ma’naviy mero 
sini 
tiklash va yangi sharoitda yanada rivojlantirish, bu hududdagi ilk 
zamondan hozirgacha mavjud bo‘lgan dinlar tarixi, diniy tajriba 
tadrijiy taraqqiyotini o‘rganish talabalarda Vatan tarixini chuqur 
anglash, uni sevish va u bilan faxrlanish his­tuyg‘ularini shakl­
lantirishga xizmat qiladi.


6
Hozirgi fan va texnika taraqqiyoti sharoitida dinshunoslik 
asoslarini faqat so‘z yordamida o‘qitish yaxshi samara bermaydi. 
Shuning uchun dasturning mazmunidan kelib chiqib texnik vo­
sitalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, muayyan 
dinlarning kelib chiqishi tarixi, diniy yo‘nalishlar, mazhablar ha­
qida hikoya qiluvchi o‘quv filmlari, slaydlarni namoyish etish, 
xarita, sxema, fotosur’at va boshqa vositalardan foydalanish sa­
marali usullardandir.
O‘z navbatida, mazkur o‘quv qo‘llanma ma’ruzalar matnini 
tayyorlashda ushbu fan doirasidagi xorijiy adabiyotlardan keng 
istifoda etildi. Zotan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligining «2016­2017 o‘quv yilidan oliy ta’lim 
muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirish va fanlarning 
zamonaviy o‘quv adabiyoti ta’minotini yaratish maqsadida xorijiy 
o‘quv adabiyotlarini tarjima qilish» bo‘yicha buyrug‘idan (№ 87­
01/1­39, 05.03.2016­y.) kelib chiqib, «Dinshunoslik» ta’lim yo‘na­
lishi o‘quv rejasiga kiritilgan «Dinshunoslikka kirish» fani uchun 
ushbu qo‘llanmani yaratishda samarali foydalanish maqsadida 
«Introduction to the study of religion» (Edited by Hillary Rodri­
gues and John S.Harding, ­ USA, Routledge, 2009. – 177 ‘., IS­
BN 13 978­0­415—40888­2) nomli ingliz tilidagi adabiyot tan­
landi va o‘zbek tiliga to‘liq tarjima qilindi.
O‘quv qo‘llanmada asosiy matn orasiga kiritilgan mazkur xo­
rijiy adabiyot ma’lumotlari kursivda berildi va satr ostida qaysi 
betdan olinganligi ko‘rsatib o‘tildi.


7

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin