Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Dinni antropologik o‘rganish bir­biri bilan munosabatdagi 
madaniyat va din haqidagi ikki noaniq tushunchani keltirib chiqa­
radi. Shunga ko‘ra, madaniyatni kengroq tushuncha sifatida qabul 
qilib, din uning tarkibidagi madaniy tizim deb hisoblash mumkin. 
Shu asosda, diniy tarix, e’tiqod va amaliyotlar muayyan ijtimoiy 
guruhga tegishli yagona madaniy elementlarning o‘ziga xos maj­
muasini tashkil etadi. Masalan, kimdir Hindiston aholisining (si­
yosiy madaniy tizim bilan bog‘langan) hayoti va madaniyatini tadqiq 
qi lishga kirishsa, u yerda ko‘p miqdordagi kichik ijtimoiy guruh­
lar mavjudligi va ularni (madaniy omillari o‘xshashligi jihatidan) 
bir­birini to‘ldirishi va o‘zaro mos tushishiga guvoh bo‘ladi.
Albatta, u yerda siyosiy ma’muriy (shtat, shahar, qish­
loq), geografik (tog‘lik, sohil bo‘yi, tekislik), qarindosh asosi­
da (kasta, qabilaviy), diniy (hindu, musulmon, jain, buddist, 


106
sikh, xristian, zardushtiy) bo‘linish mavjudligini nazarda tu tish 
lozim. Shu bois ularning har birini tor doirada yoki chuqur­
roq o‘rganish mumkin. Bunday holatda, hinduizm yoki hin­
duizm madaniyati (din jabhasida) hind madaniyatining oddiy 
bo‘lagi bo‘lib ko‘rinadi. Hindu diniy madaniyatini tadqiq qil­
ganda turli shakldagi farqlar mavjudligini e’tiborga olish lozim: 
muayyan iloh va ma’budlar (Shiva, Vishnu, Shakta)ga sig‘inish­
ga asoslangan shivaizm, vishnuizm, shaktaviylik kabi sektalar; 
ba’zi xarazmatik (sirli qobiliyatli) diniy yetakchilar – Sai Ba­
ba, Bhagvan Rajnesh (Osho)ga ergashadiganlar; zohidlik yo‘lini 
tutuvchi yoki butun hayotini o‘zi xizmat qilgan xonadon sohi­
biga bag‘ishlovchilar mavjudligi. Shu shaklda, hinduizm kabi 
muayyan bir dinda madaniy xilma­xillikning borligi dinning 
ulkan madaniyat tarkibidagi o‘rnini oydinlashtirib ko‘rsata­
di. Shu bilan birga, bir hindu xonadon sohibini o‘rganishga 
hara kat qilinsa, uning siymosida diniy turfa xillik manzarasi­
ga guvoh bo‘lish mumkin, ya’ni, u nafaqaga chiqqanda zohidlik 
yo‘lini tanlashni umid qilayotgan, Sai Baba va Osho so‘zlarini 
tinglayotgan, Shiva, Vishnu va boshqa ma’budlarga atab ibodat 
ado etayotgan, uning buddaviy e’tiqodiga ergashadigan turmush 
o‘rtog‘i mavjud bo‘ladi. U tadbirkor, qolaversa, mamlakat ich­
karisidagi katta shaharda istiqomat qilishiga qaramay, Pokis­
ton bilan chegara hududda joylashgan Rajastxan shtatidagi ko‘p 
sonli kishilar kabi biror kastaga mansub bo‘ladi. Shuningdek, 
u sun’iy yo‘ldosh televizion kanallar orqali G‘arbda tayyorlan­
gan xristianlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan musiqalarni eshitadi, 
filmlar tomosha qiladi va radio dasturlarni tinglaydi. Bundan 
tashqari, u internet orqali ish topib, amerikalik xonadon uchun 
yillik daromad solig‘i deklaratsiyasi hisoblanadigan noto‘liq ish 
o‘rnida faoliyat olib boradi. Shu jihatdan, u haqiqatdan ham 
hinduparastmi, degan savol tug‘iladi. Albatta, u bunday tur­
dagi parametr doirasida hinduizm tarafdori. Yoki uning diniy 
e’tiqodi biznes faoliyati va siyosiy qarashlariga ta’sir ko‘rsatadi­
mi? Albatta, ko‘rsatadi.


107
Shu o‘rinda eslatib o‘tish lozimki, din, madaniyat, hind, 
hinduist, xonadon sohibi, marksistik, diniy ibodat, Shiva yoki 
shahar aholisi kabi nomlar ongimizda vujudga keluvchi intel­
lektual tushunchalar bo‘lib, ular dunyo va o‘zligimizni tushu­
nishga ko‘maklashadi. Inson bunday kategoriyalar orasida qan­
daydir kichik son emas, balki matematik to‘plamda tasvirlangan 
zaruriy birlik hisoblanadi. Aniqroq aytganda, yuqoridagi intel­
lektual tushunchalar shaxs atrofida qaror topgandir, shu nuqtayi 
na zardan, inson aqli mazkur kategoriyalar, jumladan, dinning 
ham yaratuvchisi sanaladi. Aytish lozimki, insonlar bir necha 
toifalarga bo‘linadilar, shaxsiyatlari (e’tiqod va xulq­atvorlari 
asosida shakllangan faoliyat) orqali qo‘llab­quvvatlovga erisha­
dilar. Boshqalar esa o‘zlariga o‘rin izlab turli kategoriyalar uz­
ra aylanib yuradilar. 
Shunga ko‘ra, dinni qat’iy chiziqlar bilan ixotalangan va hayot­
ning turli jabhalaridan ajralgan monoton (bir xil tusdagi, qotib qol­
gan) ikkinchi darajali madaniy tushuncha (monochromatic cultural 
subcategory) deb o‘ylash johillikdir. Inson hayotining deyarli barcha 
jabhasini qamrab olganlik jihatidan, din doimiy o‘zgaruvchan nar­
sa (dynamic, ever­changing thing) sanaladi. Kishining dini inson­
ning o‘zidan ko‘ra harakatchan hisoblanadi. Shu bois, antropologiya 
fani doirasida «din» kategoriyasi, insoniyat madaniyatining barcha 
qirralarini tadqiq etish kutilgan natijaga erishishi uchun, uning (din) 
murakkab, nozik va o‘zgaruvchan belgilariga katta e’tibor qaratib 
o‘rganishni taqozo etadi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin