Dinshunoslikka


Din antropologiyasidagi qarashlar



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   106
Dinshunoslikka kirish

3. Din antropologiyasidagi qarashlar.
Antropologiya, qolaversa, 
din antropologiyasi fanining ilk namoyondalaridan biri Eduard 
Burnet Teylor (1832–1917) bo‘lib, u o‘z qarashlarini ikki jildlik 
«Ibtidoiy madaniyat» asarida bayon qilgan. Uning nomi ko‘pincha 
u tomonidan dinning kelib chiqishi, dinning tadrijiy taraqqiyoti 
va madaniyatshunoslik fanining rivojlanishini ochib beradi, deb 
hisoblangan animizm tushunchasini tadqiq qilish bilan bog‘liq 


108
ravishda yodga olinadi. Teylorning ta’kidlashicha, insoniyatning 
dastlabki vakillari atroflarida sodir bo‘layotgan uyqu, tush, be­
dorlik, hayot va o‘lim kabi hodisalar borasida hayratga tushib, 
ular to‘g‘risida o‘z aql doiralarida mushohada olib borganlar, am­
mo ularning tasarrufida aniq dalilga asoslangan ma’lumotlar­
ning mavjud emasligi yuqoridagi masalalarning tagiga yetishga 
to‘siqlik qilgan. Shu tariqa, ular atroflaridagi narsa va hodisala­
rga «jon» ato etganlar, ya’ni, ularning ruhi bor, deb tasavvur qi­
la boshlaganlar. Teylorning fikricha, bunday shaklda inson, hay­
von yoki tabiatga oid narsa va hodisalarni ilohiylashtirib, ularga 
e’tiqod qilinishi diniy tafakkurning eng qadimgi ko‘rinishi hisob­
lanadi. 
Shu asosda, ruhlar va ularning boshqa jonzotlardan alohida o‘zi­
ga xos ravishda yashashi haqidagi tushunchalar shakllanishi ular­
ga bo‘lgan e’tiqodni vujudga keltirgan bo‘lsa, keyinroq, muayyan 
ruhlarning iloh maqomiga ko‘tarilishi ko‘pXudolik e’tiqodini shakl­
lanishiga olib keldi. Yakunda esa, turli Xudolar to‘plamidan «yago­
na qudratli kuch sohibi» tushunchasi ajralib chiqib, yakkaXudolik 
(monoteizm) g‘oyasi yuzaga kelishiga olib bordi. Bu fikrga mos ra­
vishda, Teylor ibtidoiy (ovchilik) va sodda (dehqonchilik, chorvachi­
likka asoslangan) hayotdan madaniylashgan turmush tarziga o‘tishni 
ifodalovchi «jamiyatlarning madaniy evolutsiyasi» nazariyasini ilgari 
suradi. Unga muvofiq, monoteizm faqat sivilizatsiyalashgan jamiyat­
larning animizmi sanaladi (ya’ni, monoteizm faqat madaniylashgan 
jamiyatlarga xos yoki madaniylashgan jamiyatlar avvaldan mono­
teizmga e’tiqod qilib kelganlar).
Teylorning fikriga ko‘ra, zamonaviy «ibtidoiy» ko‘rinishda­
gi (kichik ko‘lamli, urbanizatsiyalashmagan, texnologik oddiy) 
jami yatlar qadimgi «sodda» jamiyatlarning muqobil variantidir va 
ular madaniy hamda diniy rivojlanishning muqarrar bosqichla­
rini bosib o‘tadilar. Keyinchalik, zamonaviy «ibtidoiy odam» for­
mulasi orqali insoniyatning qadimgi vakillari jamiyatini model­


109
lashtirish va ularning fikrlash tarzi hamda faoliyatini tasavvur 
qilish uslubi antropologlar orasida oddiy tus oldi. Shu nuqtayi 
nazardan aytish mumkinki, inson hayotida dinning paydo bo‘li­
shi masalasi din antropologiyasining dastlabki davrida «qaynoq» 
mavzuga aylandi.
Teylorning ba’zi g‘oyalari folklorist Endryu Lang (1844–
1912) tomonidan haqli ravishda tanqidga uchradi. Avvalida Tey­
lor qarashlariga ergashgan Lang, keyinroq, ibtidoiy jamiyatlar 
boshidanoq monoteizm e’tiqod shakliga amal qilganlari va ular 
ko‘pXudolik yoki animizmning ilk shakllarini boshdan kechir­
maganlarini dalillar asosida keltirib o‘tdi. Katolik ruhoniysi va 
antropolog Vilgelm Shmidt (1868–1954) mazkur fikrni quvvat­
lab, barcha primitiv jamiyatlar ibtidodan monoteistik ruhiyat­
ga ega bo‘lganligi va monoteizm barcha dinlarning asl ko‘rinishi 
ekanligini bildiradi. Aslida, Teylor fikrlari bo‘yicha shakllangan 
dinning evolutsion rivojlanish nazariyasi ibtidoiy jamiyatlarning 
dinlari monoteizmning buzilgan shakli bo‘lganligi to‘g‘risidagi 
xristiancha qarashga qarama­qarshi o‘laroq yuzaga chiqqan edi. 
O‘z navbatida, dinning kelib chiqishi haqidagi nazariyalar boshqa 
soha vakillari, jumladan, sanskrit va hind­yevropa tillari bo‘yi­
cha mutaxassis Maks Myuller tomonidan ham ilgari surilgan. 
Myullerning bildirishicha, insoniyatning ilk vakillari momaqal­
diroq, quyosh tutilishi kabi tabiat hodisalaridan hadiksirab, ular 
uchun muayyan ibodatlarni bajarganlar. Biroq, ke yinroq, til ning 
narsa va hodisalarning to‘liq ochib berish imkoniyati yo‘qligi 
va narsalarning xususiyatlarini ko‘pincha bo‘rttirib ko‘rsatishga 
moyillikning yuqoriligi natijasida mazkur tabiat hodisalari g‘ay­
ritabiiy kuchlar yoki xudolar tomonidan boshqariladi, degan qa­
rashni yuzaga keltirgan. Shu bois ham afsonalar «tilning kasal­
ligi» deb ataladi. Haqiqatda, tez orada ma’lum bo‘ldiki, dinning 
kelib chiqishi xususidagi yuqoridagi kabi nazariyalar antropologi­
ya bilan hamjihatlikda «yashab» kelayotgan ilmiy uslublar aso­
sida tajribadan o‘tmaganligi sababli noto‘g‘ri, qisman haqiqat ga 
yaqin yoki samarasiz deb topildi. Natijada, din antropologiyasida 


110
yangi mavzuviy masalalar (new thematic concerns) bo‘y cho‘za 
boshladi. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin