191
Hikoyalar taxtasi
mahsulotni hikoya shaklida tasvirlaydi
hamda
undan foydalanish, foydalanuvchi mahsulot bilan
qanday munosabatda bo‘lishini tasavvur
qilishga yordam beradi.
Diagrammalar
bir nechta kichik
qismlar yordamida mahsulot
turli jihatlarini tasavvur qilishga, prototipni
optimallashtirishga
yordam beradi. Prototipning bu turida
mind map
asosida
g‘oyani rivojlantirish va mahsulot turli
elementlarini aniqlash
mumkin.
Animatsiya
– mahsulot qanday ishlashini tasavvur qilish uchun
chizilgan hamda ketma-ketlikda joylashtirilgan tasvirlar majmui.
Agar mahsulot mobil ilova bo‘lsa, foydalanuvchining bir ekrandan ikkinchisiga qanday o‘tishini
jonlantirish mumkin. Bu manfaatdor tomon yoki foydalanuvchilarga
mahsulotning funksional
imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishda yordam beradi.
Yuqori aniqlikdagi prototiplar
interfaol va yuqori funksionallikka ega bo‘lib, ishlab chiqilgan
dizayn elementlarining aksariyati haqiqiy mahsulotga yaqinroq bo‘ladi.
Interfaol interfeysli maketlar
eskizlarning to‘liqroq
ko‘rinishi bo‘lib, o‘zida mahsulot
uchun tanlangan ranglar
sxemasi, tipografiya va boshqa vizual elementlarni aks
ettiradi. Ular maxsus onlayn xizmatlar yordamida ishlab
chiqiladi.
Fizik modellar
– mahsulotning yakuniy ko‘rinishi,
shaklini
aks ettiruvchi model.
Dostları ilə paylaş: