57
juftdagi ota va ona xromosomalari qutblarga tasodifi y kombinatsiyalarda
tarqaladi. Reduksion bo‘linishning keyingi fazasi
telofaza I
bo‘lib, u qisqa vaqt
davom etadi. Bu bosqichda xromatinlar despirallashadi, yadro qobig‘i
hosil
bo‘ladi. Xromosomalar soni teng gaploid to‘plamga ega ikkita qiz hujayrani
paydo qiladi.
Meyozning birinchi va ikkinchi bo‘linishi o‘rtasidagi bosqich
inter kinez
deb ataladi. Interfazadan farqli o‘laroq, interkinezda
DNK repli katsiyasi
ro‘y bermaydi.
Profaza II
mitoz
profazasidan farq qilmaydi.
Me tafaza II
da juft xromatidali xromo so malar o‘z
sentromeralari bilan ekvator tekisligida
joylashadi.
Anafa za II
da sentromerlar
bo‘linib har bir xromatida mustaqil
xromosomalarga aylanadi.
Telofaza II
da xromosomalar qutblarga tarqa ladi va
sitokinez amalga oshadi (32-rasm).
Meyozning biologik ahamiyati.
Meyoz jarayonida 1 ta diploid to‘plamli
hujayradan 4 ta gaploid hujayralar ho sil
bo‘ladi. Meyoz jarayonida sodir bo‘-
la digan konyugatsiya,
krossingo ver,
gomologik xromosomalarning ta so-
di fi y kombinatsiyalarda tarqalishi tu-
fay li bir-biridan va boshlang‘ich ona
hujayradan genetik jihatdan farq qiladi.
Meyoz
jarayoni asosida kombinativ
o‘zgaruvchanlik yotadi.
Tayanch so‘zlar:
xromosoma, xromatida, geteroxromatin, euxromatin, sentro-
mera, metasentrik, submetasentrik, akrosentrik, amitoz,
mitotik sikl, mitoz,
kariokinez, sitokinez interfaza, profaza, metafaza, anafaza, telofaza, meyoz.
Dostları ilə paylaş: