11
Ushbu test topshiriqlari kitobi Sizga qoralama sifatida berilgan,
javoblaringizni JAVOBLAR VARAQASIGA yozing.
I qism
Quyidagi matn asosida 21-28-savollarga javob bering.
Agar dunyoda ikkita beozor odam boʻlsa, bittasi Ermon buva. Agar dunyoda ikkita
beozor odam boʻlsa, yana bittasi – Ermon buvaning kampiri – Habiba buvi. Mabodo
dunyoda ikkita yuvosh sigir boʻlsa, bittasi Ermon buvaning ola sigiri. Agar shunaqa
sigir dunyoda bitta boʻlsa, shu sigirning oʻzi.
Ermon buva bahor paytlari ola sigirini yetaklab kelib qoladi. Qoʻlida hassa,
sigirining butun shoxiga tuguncha ilib qoʻyilgan. Oʻtloqqa yetganidan keyin sigirning
shoxidagi tugunchani oladi-da, oʻzini qoʻyib yuboradi. Belidagi qiyiqchasini tol
soyasiga tashlab “bismillohu rahmonur rahim” deb maysa ustiga yonboshlaydi. Ola sigir
shundoqqina uning yonida poyezddek pishillab oʻtlashga tushadi. Ora-chora “shu ishim
maʼqulmi”, degandek egasiga qarab-qarab qoʻyadi. Shunaqa yuvosh sigirki, bolalar
tagiga kirib emsa ham “hoy, nima qilyapsan?” deb qayrilib qaramaydi. Dasturxonda
zogʻora nonmi, arpa nonmi boʻlgan kuni hammamizga bayram. Koʻpincha unisiyam
boʻlmaydi, bunisiyam. Biroq tutmayiz albatta boʻladi. Tutmayizni yeb olsangiz, darrov
qorningiz toʻyadi. Shunaqa shirin, shunaqa mazali! Men bir kaft mayizni ogʻzimga
tashlayman-u, uyga gʻirillayman. Oyim albatta choy damlab qoʻygan boʻladi. Olma
choymi, boshqami, ishqilib choy-da! Shundoq qilib, hammamiz birgalashib
ovqatlanamiz. Oxirida Ermon buva dasturxonga fotiha oʻqiydi.
– Yaratgan neʼmatingga shukur! – deydi ingichka ovozda. – Ilohi omi-in!
Yurtimiz tinch boʻlsin, u dunyo-yu bu dunyo qirgʻinbarot boʻlmasin, ollohu akbar!
Ana undan keyin Oltmishvoyning taʼrifi boshlanadi. Oltmishvoy – Ermon
buvaning oʻgʻli. Habiba buvi koʻp tug‘gan. Hammasi chillasi chiqmasdan oʻlib ketgan.
Ammo Oltmishvoy boshqacha yigit-da! Bittayam kasal boʻlmagan. Menday paytida
otni egarlab oʻzi choptirgan. Joʻraboshimizday boʻlganida ketmon bilan bir tanob yerni
hash-pash deguncha agʻdarib tashlagan. Oltmishvoy – ana shunaqa yigit! Avvaliga
Habiba buvi oltmishta tug‘gani uchun Oltmishvoyning oti shunaqa deb oʻylagan edim.
Yoʻq, keyin tushundim. Oltmishvoy Ermon buva oltmishga kirganda tugʻilgan ekan.
– Mening Oltmishvoyimdaka yigit dunyoda yoʻq, – deydi Ermon buva har kungi
gapini qaytarib. –
Dostları ilə paylaş: