“Dasturiy injiniring” fakulteti “MA‟lumotlar tuzilmasi va algoritmlar”


-tajriba ishi. DINAMIK MA‟LUMOTLAR TUZILMASINI TADQIQ



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/56
tarix08.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#142109
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56
dokumen.tips aoemaalumotlar-tuzilmasi-va-ekvivalentlik-implikatsiya-chiqarib-tashlash-va

3-tajriba ishi. DINAMIK MA‟LUMOTLAR TUZILMASINI TADQIQ 
QILISH 
 
Ishdan maqsad: Chiziqli, bir bog„lamli ro„yhatlar tuzilmasini o„rganish va 
uni ustida amal bajarish algoritmlarini tadqiq qilish. 
Qo„yilgan masala: C++ tilida ro„yhatli tuzilma elementlarini ko„rsatkichli 
maydonlar bilan yaratish va dinamik tuzilmani e‟lon qilish, uning ustida turli 
amallar bajarish dasturini ishlab chiqish. 
Ish tartibi: 

Tajriba ishi nazariy ma‟lumotlarini o„rganish; 

Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish; 

C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish; 

Natijalarni tekshirish; 

Hisobotni tayyorlash va topshirish. 
 
3.1. Dinamik ma‟lumotlar tuzilmasi
Statik ma‟lumotlar tuzilmasi 
vaqt o„tishi bilan o„z o„lchamini 
o„zgartirmaydi. Biz har doim dastur kodidagi statik ma‟lumotlar tuzilmasiga qarab 
ularning o„lchamini bilishimiz mumkin. Bunday ma‟lumotlarga teskari ravishda 
dinamik ma‟lumotlar tuzilmasi mavjud bo„lib, bunda dastur bajarilishi davomida 
dinamik ma‟lumotlar tuzilmasi o„lchamini o„zgartirishi mumkin

Dinamik 
ma’lumotlar tuzilmasi
– bu qandaydir bir qonuniyatga asoslanib shakllangan, lekin 
elementlari soni, o„zaro joylashuvi va o„zaro aloqasi dastur bajarilishi davomida 
shu qonuniyat asosida dinamik o„zgaruvchan bo„lgan ma‟lumotlar tuzilmasidir. 
Dinamik ma‟lumotlar tuzilmasi 3.1-rasmdagidek klassifikatsiyalanadi.


48 
3.1-rasm. Dinamik ma‟lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi 
Dasturlarda dinamik ma‟lumotlar tuzilmasidan ko„pincha chiziqli ro„yhatlar, 
steklar, navbatlar va binar daraxtlar ishlatiladi. Bu tuzilmalar bir-biridan 
elementlarning bog„lanish usuli va ular ustida bajarilishi mumkin bo„lgan amallari 
bilan farqlanadi. Dinamik tuzilmalar massiv va yozuvdan farqli ravishda operativ 
xotirada ketma-ket sohalarda joylashmaydi. Ixtiyoriy dinamik tuzilma elementi
2 ta maydondan tashkil topadi: tuzilma tashkil etilishiga sabab bo„layotgan
Dinamik ma‟lumotlat tuzilmasi 
fayllar 
matnli 
toifalashtirilgan 
toifalashtirilmagan 
Bog„lanmagan 
dinamik tuzilmalar 
Statik MT kabi 
klassifikasiyalanadi 
Bog„langan dinamik 
tuzilmalar 
chiziqli 
tuzilmalar 
Halqasimon 
tuzilmalar 
chiziqsiz 
tuzilmalar 
Bir bog„lamli 
navbat 
stek 
dek 
ro„yhat 
ko„p bog„lamli 
bir bog„lamli hal- 
qasimon ro„yhatlar 
ko„p bog„lamli hal- 
qasimon ro„yhatlar 
daraxtlar 
graflar 
Ikkilik (binar) 
tarmoqlanuvchi 
ko

p bog

lamli 
chiziqli ro

yhatlar 


49 
informatsion maydon
va elementlarning o„zaro aloqasini ta‟minlovchi 
ko‘rsatkichli maydon
. Chiziqli ro„yhatlarda har bir element o„zidan keyingisi yoki 
oldingisi bilan ham bog„langan bo„lishi mumkin. Birinchi holatda, ya‟ni elementlar 
o„zidan keyingi element bilan bog„langan bo„lsa, bunday ro„yhatga 
bir bog‘lamli 
ro‘yhat
deyiladi. Agar har bir element o„zidan oldingi va o„zidan keyingi element 
bilan bog„langan bo„lsa, u holda bunday ro„yhatlarga 
2 bog‘lamli ro‘yhatlar
deyiladi. Agar oxirgi element birinchi element ko„rsatkichi bilan bog„langan 
bo„lsa, bunday ro„yhatga 
halqasimon ro‘yhat
deyiladi. Ro„yhatning har bir 
elementi shu elementni identifikatsiyalash uchun 
kalit
ga ega bo„ladi. Kalit odatda 
butun son yoki satr ko„rinishida ma‟lumotlar maydonining bir qismi sifatida 
mavjud bo„ladi. Ro„yhatlar ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin. 
-
ro„yhatni shakllantirish (birinchi elementini yaratish); 
-
ro„yhat oxiriga yangi element qo„shish; 
-
berilgan kalitga mos elementni o„qish; 
-
ro„yhatning ko„rsatilgan joyiga element qo„shish (berilgan kalitga mos 
elementdan oldin yoki keyin) 
-
berilgan kalitga mos elementni o„chirish; 
-
kalit bo„yicha ro„yhat elementlarini tartibga keltirish. 
Ro„yhatlar bilan ishlashda dasturda boshlang„ich elementni ko„rsatuvchi 
ko„rsatkich talab etiladi. Chiziqli bir bog„lamli ro„yhatlar ustida turli amallar 
bajarish algoritmlari va dasturlarini ko„rib chiqamiz. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin