32-rasm . Shikaslangan odamni yelkada tashish
Ikki kishilashib «qulf qilib olish» usuli
orqali ham shikastlangalar-
ni tashish mumkin. Bunda ko‘taruvchilar yonma-yon turishib, qo‘llarini
o‘rindiq («qu!f») hosil bo‘ladigan qilib ushlashadi (33-rasm).
Jabrlanganlami transportirovka qiiishda yordam ko‘rsatish.
Birinchi tibbiy yordamning eng muhim vazifasi - bemomi yoki talafot
olgan odamni tezda xavfsiz holda shifoxonalarga yetkazish hisoblanadi.
Transportirovka davrida jarohat olgan bemor qo‘shimcha og‘riq
oladigan
33-rasm . Q oilardan «qulf» hosil qilib shikastlanganni ko‘tarish
255
bo‘lsa, u holda uning ahvoli yanada og‘irlashadi yoki «shok» holatiga
tushadi. Transportirovka qilish jarohatlangan bemorning ahvoliga,
jarohat xarakteriga yoki kasalligiga qarab amalga oshiriladi.
Agar tez
yordamni chaqirish imkoni boMmasa, transpartirovka boshqa mashinada
amalga oshiriladi. Transport vositalari bo‘lmagan
vaziyatlarda esa
bemorlarni zambilda transportirovka qilinadi. Transportirovka davrida
kasal yoki jarohat olgan odam doimiy nazorat qilib boriladi, ya’ni
nafas
olishini, pulsini o‘lchash, o‘qchiq kelganda qusuq massasining nafas
olish yo‘llariga tushmasligiga harakat qilinadi. Transportirovka davrida
jabrlanganning ruhiyatiga birinchi yordam ko‘rsatuvchining axloqi,
xatti-
harakati, muomalasi juda katta ta’sir ko'rsatadi.
Jabrlanganlaming jarohat darajalariga qarab, ular guruhlarga bo‘ lib
tranportirova qilinadi.
1-navbatda - ko‘krak qafasi va nafas yo‘llari jarohatlangan, o‘zini
bilmaydigan yoki
shok holatdagilar, boshi jarohatlangan, ichki qon ketishi
kuzatilgan, suyagi ochiq singanlar va kuyganlar guruhi.
2-navbatda
- suyagi yopiq singanlar, qon ketishi to‘xtatilgan jarohat
olganlar guruhi.
3-navbatda - kichik qon yo‘qotgan, eti uzilgan va kichik suyaklari
singanlar guruhi. Har bir guruhga kiruvchi kichik yoshdagi bolalar
birinchi
navbatda evakuatsiya qilinadi, agar imkoniyat bo‘lsa, ularning
ota-onasi yoki qarindoshi bilan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: