qobiliyatlari o‘rta darajalik deb hisoblanadi. Ular odamlar bilan
m uloqot o ‘rnatishga intiladi, o ‘zlarini tanishuvlarini che-
garalamaydi, o‘z fikrini himoya qila oladi, ishlarini rejalaydi,
lekin qobiliyatlarini yuqori turg‘unlik bilan ta’riflab rivojlantirish
uchun katta va jiddiy tarbiyaviy ishlar olib borishi kerak.
4 baho olgan ishtirokchilar kommunikativ va tashkilotchilik
qobiliyatlari yuqori darajalik deb hisoblanadi. Ular yangi va-
ziyatlarda o‘zini yo‘qotmaydi, do‘stlami tez topadi, tanishuvlar
darajasini har doim kengaytirishga intilishadi, jam oat ishlari
bilan shug‘ullanadi, yaqinlari va do‘stlariga yordam beradi,
jam oat tadbirlarini tashkil qilishga qatnashadi, og‘ir vaziyatda
mustaqil qarorlar qabul qila oladi. Aytib o ‘tilganlarni ular
majburiy emas, o ‘z ichki intilishi bilan qilishadi.
5 baho olgan ishtirokchilar kom m unikativ va tashki
lotchilik qobiliyatlari juda ham yuqori darajali deb hisoblanadi.
Ular muloqot va tashkiliy faoliyatga katta ehtiyoj his etishadi,
shunga faol intilishadi, og‘ir vaziyatlarda tez yo‘l topa olishadi.
Yangi jam oada o ‘zini erkin tutishadi, tashabbuskor, muhim
ishda yoki murakkab vaziyatda mustaqil qaror qabul qilishni
afzal ko‘radi. 0 ‘z fikrini himoya qila olishadi, do‘stlari ularning
fikrlari bilan ish tutishlariga intiladi, notanish kompaniyaga
jonlanish kirgiza olishadi, har xil o ‘yinlar tashkil qilishni yaxshi
ko‘rishadi. 0 ‘zlari kommunikativ va tashkilotchilik faoliyatlarini
qoniqtiradigan ishlami izlab yurishadi.
Dostları ilə paylaş: