545
Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasi va uning
mintaqalarida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning eng dolzarb
muammolariga quyidagilar kiradi
18.2-rasm. Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning dolzarb
muammolari
Mintaqaning hayot kechirish qobiliyatini va iqtisodiy
xavfsizligini ta‘minlash uchun iqtisodiyotning turli sohalarida o‗z
vaqtida inqirozli muammolarning oldini olish kerak. Bular
quyidagilar bo‗lishi mumkin:
demografik vaziyatdagi miqdor va sifat o‗zgarishlari;
mintaqada ekologik vaziyatlarni yomonlashtiruvchi
obyektlarni joylashtirish;
546
mintaqa yalpi mahsulotini 50-60% dan ortiqqa
pasaytirish;
ishsizlar darajasining 15% dan yuqori bo‗lishi;
mintaqada ishlab chiqarish yo‗nalishining tarkibiy
ishsizlikka va kadrlarning ommaviy ravishda o‗z mamlakatlarini
taraqqiyotiga olib keluvchi o‗zgarishlar;
ishchi kuchi ortiqcha bo‗lgan
mintaqalarda millatlararo
va ijtimoiy zo‗riqishini keltirib chiqaruvchi migrantlarning paydo
bo‗lishi;
mintaqa sanoatining markaz bilan aloqalarga haddan
tashqari (60% va undan ortiq) bog‗lanib qolishi;
infratuzilma obyektlarini qurishda oqsash, mintaqaning
tabiiy
resurslaridan
foydalanish
natijasida
ekologiyaning
yomonlashuvi;
moliyaviy resurslarning yetarlicha ta‘minlanmaganligi;
infratuzilma
obyektlari
bilan
yetarlicha
ta‘minlanmaganlik.
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni o‗tkazish tamoyillari:
iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash;
samaradorlik;
ijtimoiy yo‗naltirilganlik.
Yuqorida
sanab
o‗tilganlardan tashqari mintaqalarda
quyidagi qo‗shimchalar zarur:
geosiyosiy xususiyatlar;
aholi mentaliteti (o‗ziga xosligi);
tabiiy-geografik xususiyatlar.
Mintaqalar o‗rtasidagi qarama-qarshiliklar quyidagilarda
namoyon bo‗lishi mumkin:
Tabiiy va iqtisodiy sharoitlarning tabaqalashuvida.
547
Milliy muammolar.
Mintaqalarni isloh qilishda eng muhimi mintaqaning o‗ziga
xos xususiyatlarini inobatga olgan
holda barqaror va xavfsiz
rivojlantirish uchun normal sharoitlarni yaratish, investitsiyalarni
rag‗batlantirish, ―markaz–mintaqa ‖ tizimida tartibga solishni
yo‗lga
qo‗yishdan
iborat.
O‗zbekiston
Respublikasida
moddiylashgan iqtisodiy tamoyillarini hisobga olgan holdagi
islohotlar quyidagilarni o‗z ichiga olishi lozim:
investitson va ijtimoy siyosatda mintaqalarning o‗ziga
xos xususiyatlarini hisobga olish;
islohotlarning investitsiyalarni jalb qilish,
tadbirkorlik,
ijtimoiy ta‘minot, ekologiya kabi yo‗nalishlarni mintaqaviy
darajaga ko‗chirish;
mintaqalarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.
Barqaror va xavfsiz rivojlanish uchun iqtisodiyotni
integratsiyalash vazifasi quyidagi muammolarning hal etilishini
talab qiladi:
mintaqa iqtisodiyoti va respublika tovar va xizmatlar
bozorining o‗zaro ta‘sirlashuv mexanizmini yaratish;
hududiy mehnat taqsimotini qo‗llash;
mintaqalararo aloqalar buzilishining oldini olish;
separatizm bilan kurash olib borish.
Samarali tartibga solish uchun mintaqalarning moliyaviy
resurslarini hisobga olish zarur. U ikki turga bo‗linishi mumkin:
ichki moliyaviy resurslar – foyda, soliqlar (mintaqaviy,
mahalliy), valyuta mablag‗lari, garov – sug‗urta
fondlari
(ko‗chmas mulk, qazilma boyliklar zaxirasi, o‗rmonlar, yer),
tovar-moddiy qiymatliklar, mahalliy zayomlar;
tashqi moliyaviy resurslar – byudjet kreditlari,
korxonalarni maqsadli dotatsiyalash, subsidiyalar, subvensiyalar,
548
transfertlar, imtiyozli soliqqa tortish mablag‗lari, mintaqalararo
dasturlarning
mablag‗lari,
xalqaro
zayomlar,
xorijiy
investitsiyalarning mablag‗lari.
Ijtimoiy xavfsizlik – har bir
fuqaroning hayot kechirish
sharoitlarini, uning huquq va erkinliklariga tahdidlardan himoya
qilishni ta‘minlash. Ijtimoiy xavfsizlikning muhim komponenti
oziq-ovqat, ekologik, shaxsiy, iqtisodiy (o‗z ehtiyojlarini
qondirish
nuqtayi
nazaridan)
va
jamiyatning
xavfsizligi
hisoblanadi.
Ijtimoiy xavfsizlikni ta‘minlashning maqsadlari:
ijtimoiy portlash vaziyatlarining oldini olish;
barqaror ijtimoiy tuzilmani ta‘minlash;
qadriyatlar tizimini, ijtimoiy
xulq-atvor madaniyatini
saqlab turish.
Ijtimoiy tuzilmaning degradatsiyalashuvi ikki holatda yuz
beradi:
1.Tizimni inqilobiy larzalar vaqtida tenglashtirish. Ko‗pgina
avlodlarning an‘analarida vorisiylik yo‗qoladi, mehnatni
rag‗batlantirish va unga bo‗lgan tashabbus yemiriladi. Sekin-asta
yangi tizim shakllanadi. Xavf-xatar shundaki, aktiv faoliyatdagi
elitaning eng yaxshi vakillari ketib, o‗rniga
ijtimoiy pillapoyadan
quyi tizimning eng yomon vakillari ko‗tarila boshlaydi;
2. Ijtimoiy tuzilmaning qutblashuvi yoki elitar tuzum bilan
aholining asosiy massasi o‗rtasida uzilish. Bunday tuzum ijtimoiy
zo‗riqish va ijtimoiy portlashlar bilan xavflidir.
Dostları ilə paylaş: