568
Globallashuv sharoitida mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligi
ko‗p qirrali tushuncha bo‗lib, hozircha uning yagona talqini qabul
qilinmagan. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish va
tashqi iqtisodiy aloqalar jadallik bilan chuqurlashib, milliy
iqtisodiyotlarning
baynalmilallashuvi
kuchayib
bormoqda.
Bunday sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash nafaqat
mamlakat darajasida, balki mintaqa
darajasida ham eng muhim
masalalardan biriga aylanib boradi. Globallashuv dunyo
hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratish
bilan bir vaqtda, milliy iqtisodiyotlar faoliyatiga salbiy ta‘sir
ko‗rsatadigan xavf-xatar va tahdidlarni ham vujudga keltiradi.
Globallashuv jarayonlari kuchayib borgan sari bunday tahdidlar
miqyosi kengayib, ularni bashorat
qilish va bartaraf etish
qiyinlashib boradi. Bir paytning o‗zida ham dunyo hamjamiyatiga,
ham alohida olingan bir mamlakatga tahdid soladigan yangi global
xavf-xatarlar vujudga keladi.
Shuning uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini keng
xalqaro hamkorliksiz ta‘minlash mumkin emas. Chunki yuzaga
kelayotgan muammolarni faqat milliy vosita va mexanizmlar
yordamida hal etib bo‗lmaydi. Shu bois ―milliy iqtisodiy
xavfsizlik‖ va ―xalqaro iqtisodiy xavfsizlik‖ kabi tushunchalar
o‗rtasida aloqadorlik kuchayib bormoqda.
Xalqaro iqtisodiy
xavfsizlikni
ta‘minlash
milliy
iqtisodiy
xavfsizlikni
ta‘minlashning muhim sharti sifatida qaraladi.
Globallashuv mamlakatlar iqtisodiyotini tashqi omillar
ta‘siriga ochiq qilib qo‗yadi. Masalan, XX asr 70-yillarining
o‗rtalarida OPEK a‘zolarining xatti-harakatlari natijasida neft
mahsulotlariga jahon narxlari oshib ketdi. Jahon miqyosida
energiya iste‘molining muntazam o‗sib borganligi va energiya
resurslarining cheklanganligi sharoitida ko‗p mamlakatlar oldida
569
energetika xavfsizligini ta‘minlash muammosi dolzarb bo‗lib
qoldi.
XX asr 70-yillarining boshlarida
Bretton - Vud xalqaro
valyuta tizimining parokandalikka yuz tutganligi va 1976-yilda
Yamayka kelishuvlari asosida ―suzuvchi‖ valyuta kurslariga
o‗tilganligi,
rivojlangan
mamlakatlar
tomonidan
kapital
harakatlari ustidan nazoratni sekin-asta susaytirilganligidan dalolat
beradi.
O‗tgan asrning 80-90-yillarida Lotin Amerikasi va Janubiy-
sharqiy Osiyoning bir qator mamlakatlarida sodir bo‗lgan hamda
jahon moliya bozorlarida halokatga olib kelgan inqirozlar
natijasida moliyaviy xavfsizlikni ta‘minlash zaruriyati paydo
bo‗ldi.
Yer yuzi aholisi sonining ko‗payib borishi, buning natijasida
xomashyo va mahsulotlarga bo‗lgan talabning oshishi va natijada
chiqindilarning katta miqdorda to‗planib
borishi atrof-muhitga
salbiy ta‘sir ko‗rsata boshladi. Bu jarayonlar global xarakterga ega
bo‗lganligi bois, dunyo miqyosida tahdidga aylanib, ekologik
xavfsizlikni ta‘minlash zaruriyatini keltirib chiqardi.
Tadqiq etilayotgan davrda jahon iqtisodiyotida rivojlangan
davlatlarda iqtisodiy o‗sish sur‘atlarining pasayishi va aksincha,
rivojlanayotgan davlatlarda, ayniqsa, Hindiston va Xitoyda o‗sish
sur‘atlarini yuqori darajada ekanligi bilan tavsiflanadi. Natijada
Hindiston YAIM 2020-yilga kelib, 2000-yilga nisbatan 303,1%ga,
Xitoy YAIM 412,3%ga o‗sdi. Buning asosiy omili bo‗lib
tadqiq
etilayotgan davrda globalizatsiyaning ta‘siri natijasida jahon
mamlakatlari
guruhlari
bo‗yicha
to‗g‗ridan-to‗g‗ri
xorijiy
investitsiyalarni taqsimlanishida rivojlangan davlatlar ulushi 2005-
2007-yillarda 66%dan 2019-yilga kelib 41%ga tushib qolganligi
570
va aksincha rivojlanayotgan davlatlarning ulushi 30%dan
55%gacha
1
o‗sganligi bilan baholash mumkin.
Tadqiq etilayotgan davrda jahon iqtisodiyotining muhim
mintaqaviy guruhlari bo‗lgan rivojlangan, rivojlanayotgan va
MDH
davlatlarining
iqtisodiy
ko‗rsatkichlariga
nisbatan
O‗zbekiston Respublikasi YAIM hajmini yuqori sur‘atlarda o‗sish
tendensiyasiga ega ekanligi bilan tavsiflanadi.
O‗zbekiston Respublikasini 2030-yilgacha
kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi uzoq muddatli
istiqbolda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini cheklaydigan
mavjud
ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni,
xavf-xatar
va
tahdidlarni hal etish, shuningdek, iqtisodiyot va ijtimoiy
sohaning hozirgi holatidan barqaror rivojlanishga o‗tishning
maqsadlari va ustuvorliklarini
belgilash va aholi hayot
darajasini oshirish bilan bog‗liqdir.
Konsepsiyada
istiqbolda
iqtisodiyotning
barqaror
rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadigan potensial xavf-xatar
va tahdidlar tahlil qilingan. Xavf-xatarlarni tahlil qilishning
asosiy xulosalari quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: