2022-2026-yillarga mo‗ljallangan yangi O‗zbekistonning
taraqqiyot
strategiyasida
belgilangan
28-maqsad
respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026-yilda
respublika eksport hajmlarini 30 milliard AQSh dollariga
yetkazishdan iboratdir.
Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun
quyidagi chora-tadbirlar belgilangan:
eksportchi korxonalar faoliyatini qo‗llab-quvvatlash
tizimini faol davom ettirish orqali respublika eksport salohiyatini
oshirish;
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 2020
yil 29 dekabr//Xalq so‘zi, 2020 yil 30 dekabr
624
mavjud imkoniyatlarni to‗liq ishga solgan holda mahalliy
sanoat tarmoqlari eksport salohiyatini yanada rivojlantirish;
tashqi bozor va xalqaro talablarga javob beradigan
standartlarni joriy etish va mashhur brendlarni jalb qilish;
xususiy sektorning eksportdagi ulushini 60 foizga
yetkazish;
o
avtotransport vositalari eksportini 3 baravarga oshirish va
1 milliard AQSh dollariga yetkazish;
turizm, transport, axborot-kommunikatsiya, jumladan,
dasturiy ta‘minotlar va boshqa xizmatlar eksportini 1,7 baravarga
oshirish yoki 4,3 milliard AQSh dollariga yetkazish;
eksportchi korxonalarga ko‗rsatilayotgan tashkiliy va
moliyaviy yordam berish tizimini takomillashtirish;
eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar
hajmini 3,3 baravar ko‗paytirib, Yevropa davlatlariga GSPQ tizimi
doirasida tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirish;
mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab
chiqarilgan
mahsulotlarni
xorijiy
davlatlarga
chiqarishda
ko‗maklashish tizimini takomillashtirish hisobiga eksportchi
korxonalar sonini hozirgi 6500 tadan 15 000 taga, tovarlarning
eksport geografiyasini 115 tadan 150 taga yetkazish;
―Yangi O‗zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti‖
g‗oyasi asosida 200 ta eksportchini ochiq tanlov asosida saralab,
ularni yetakchi eksportnyorlarga aylantirish va har tomonlama
qo‗llab-quvvatlash;
qo‗shni davlatlar bilan chegara hududlarda erkin savdo
zonalari faoliyatini yo‗lga qo‗yish.
|