See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224
30 06 2022 . (1)

O‗z-o‗zidan 
rivojlantirish va 
taraqqiy etishga 
qodirlik 
Milliy 
iqtisodiyotning 
barqarorligi 
Iqtisodiy
mustaqillik 
Iqtisodiy xavfsizlik 
Iqtisodiy xavfsizlikning mazmuni bu iqtisodiyotning va 
hokimiyat 
institutlarining 
shunday 
holatiki, 
unda 
milliy 
manfaatlar, mamlakatning ijtimoiy rivojlanish yo‗nalishlari, tashqi 
va ichki jarayonlarning noqulay ssenariyda rivojlanishiga 
qaramasdan, yetarli iqtisodiy hamda mudofaa salohiyatini 
kafolatlangan tarzda himoyalaydi.
«Iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasi, albatta, «bardoshlilik»ni 
taqozo etadi. Ta‘kidlash joizki, iqtisodiy xavfsizlikning aksariyat 
belgilari «bardoshli» tushunchasiga uyg‗un, zero, iqtisodiyotning 
iqtisodiy bardoshliligi uning tarkibiy unsurlari, tizim ichidagi 
vertikal, gorizontal va boshqa aloqalarning mustahkam hamda 
ishonchliligini, «ichki» va «tashqi» bosimga chidamliligini aks 
ettiradi (1.2-rasm). 
 
1.2-rasm. Iqtisodiy xavfsizlik mazmuni 
Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyotning shunday holatiki, unda 
jamiyatning butun Yalpi ehtiyojlari qondiriladi, uning iqtisodiy 
mustaqilligi va barqaror rivojlanishi, taraqqiyoti va jahon 
iqtisodiyotida munosib o‗rinni, ichki hamda tashqi tahdidlardan 
ishonchli himoyani ta‘minlaydi.


11 
Globallashuv jarayonlarining chuqurlashishi va ishlab 
chiqarish, oziq-ovqat, energetika, moliya hamda boshqa sohalarda 
inqiroziy holatlarning kuchayishi va raqobat kurashining tobora 
shiddatli tus olishi sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash 
masalalariga alohida e‘tibor qaratishni talab etmoqda. 
Bugungi rivojlanish strategiyalarini tez o‗zgarishi, iqtisodiy 
noaniqlik sharoitida milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlikni 
ta‘minlash darajasini oshirishda zamon talablaridan kelib chiqib, 
yangi yondashuvlarga, strategiyalarga zarurat tug‗iladi. Masalan, 
mintaqa darajasida inqiroziy jarayonlarni va xavf-xatarlarni o‗z 
vaqtida bartaraf etilsa, u holda milliy iqtisodiyot darajasida global 
inqiroziy holatlarni vujudga kelishi tavakkalchiligining oldi 
olingan bo‗ladi. 
Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning nazariy asoslari va 
uning amaliy jihatlari to‗g‗risida chuqur bilimga ega bo‗lmay 
turib, davlat hamda mahalliy hokimiyatlar globalizatsiya 
jarayonlari sharoitida iqtisodiy, axborot, energetik va boshqa 
turdagi xavfsizlikni oldini olish hamda funksional vazifalarini 
samarali ijro etishda, ular bilan bog‗liq muammolarni majmuali 
hal eta olmaydi.
Iqtisodiy xavfsizlik fanini o‗rganishdan maqsad – talabalarda 
iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash hamda ichki va tashqi tahdidlar 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin