339
mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Oziq-ovqat va
qishloq xo‗jaligi tashkiloti (FAO) ga a‘zo davlatlarga oziq-ovqat
xavfsizligini
ta‘minlash
sohasida
Mingyillik
rivojlanish
maqsadlariga erishgani uchun beriladigan
mukofotiga sazovor
bo‗lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e‘tirof etildi.
O‗zbekiston
Respublikasi
qishloq
xo‗jaligini
rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‗ljallangan strategiyasi
qabul qilingan bo‗lib, uning asosiy maqsadi qishloq xo‗jaligi va
oziq-ovqat
tarmog‗ining
raqobatbardoshligini
oshirishga
qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishda davlat siyosatini
tubdan takomillashtirishga yo‗naltirilgan bo‗lib,
quyidagi ustuvor
yo‗nalishlarni qamrab oladi:
aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash;
qulay agrobiznes muhitini va qo‗shilgan qiymat zanjirini
yaratish;
soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va
investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish;
tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish va atrof-muhit
muhofazasini ta‘minlash;
davlat
boshqaruvining
zamonaviy
tizimlarini
rivojlantirish;
tarmoqni qo‗llab-quvvatlashga yo‗naltirilgan davlat
xarajatlarini bosqichma-bosqich
diversifikatsiya qilish;
qishloq xo‗jaligida ilm-fan, ta‘lim, axborot va maslahat
xizmatlari tizimini rivojlantirish;
qishloq hududlarini rivojlantirish;
tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish.
Strategiya ustuvor yo‗nalishining asosiy maqsadi –
respublikaning
barcha
aholisi
oziq-ovqat
xavfsizligini
ta‘minlashga qaratilgan davlat siyosatini
ishlab chiqish va uni
340
samarali amalga oshirishdan iborat. Bu ustuvor yo‗nalish aholini
barqaror narxlardagi xavfsiz va sifatli
oziq-ovqat mahsulotlari
bilan
ta‘minlashga
qaratilgan.
Bu
esa
O‗zbekiston
Respublikasining barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM), shu
jumladan, BMTning 2-BRM «Ochlikka barham berish, oziq-ovqat
xavfsizligini ta‘minlash, iste‘molni yaxshilash va barqaror qishloq
xo‗jaligini targ‗ib qilish»da belgilangan maqsadlarga erishishga
xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: