RIS- remote installation service ) bilan ta‘minlangan.
Fayl tizimi imkoniyatlari:
Fayl tizimini tiklash
Katta hajmdagi fayllarni ishlatish
Fayl himoyasi
Fayllarni siqilgan holda saqlash va h.k.
Hozirgi kunda vazifasiga ko‗ra,
Windows operatsion
tizimining bir qancha xillari mavjud: server uchun, ishchi
stantsiyalar uchun, cho‗ntak kompyuterlari uchun.
Hozirgi kunda shaxsiy kompyuterlarning ko‗p qismida
aynan shu operatsion tizim o‗rnatilgan.
Solaris Solaris – Sun Microsystems tomonidan yaratilgan grafik
qobig‗li operatsion tizim.
Solaris operatsion tizimi avval
boshdan yopiq manbali kod bilan chiqarilganiga qaramay,
hozirda uning anchagina qismi ochiq manbali kodga ega qilib
kompaniya tomonidan ommalashtirilgan. Hozirda
IBM, Intel, Hewlett-Packard, Dell va boshqa bir nechta ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar
o‗zining
x86 va
amd64 platformali tizimlarida
Solaris operatsion tizimini ishlatishi mumkin.
Mac OS X Mac OS X (Mek OS Ten) — Apple korporatsiyasining
POSIX ga mos keladigan operatsion tizimi.
Mach mikroyadrosi
asosida Makintosh
(Macintosh) kompyuterlari uchun ishlab
chiqariladigan, himoyalangan xotira va ko‗p masalali operatsion
tizimdir.
Mac OS X tarkibida
Xcode dastur yozish muhiti bo‗lib,
Si, C++, Objective-C, Ruby i
Java tillarida dastur yaratish
imkoniyatini beradi
.