S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


Qo‘lpanjasining geometrik shakli bo‘yicha autentifikatsiya-



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/249
tarix09.09.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#142327
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Qo‘lpanjasining geometrik shakli bo‘yicha autentifikatsiya-
lash tizimlari.
Qo‘l panjasi shaklini o ‘quvchi qurilmalar barmoqlar 
uzunligini, qo‘l panja qalinligi va yuzasini o‘lchash orqali qo‘l 
panjasining hajmiy tasvirini yaratadi. Masalan, Recognition Systems 
kompaniyasining mahsulotlari 90 dan ortiq oMchamlarni amalga 
oshiradi. Natijada keyingi taqqoslash uchun 9 xonali namuna 
shakllantiriladi. Bu natija qo‘l panjasini individual skanerida yoki 
markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasida saqlanishi mumkin. Qo‘l 
panjasini skanerlovchi qurilmalar narxining yuqoriligi va o‘lcham- 
larining kattaligi sababli tarmoq muhitida kamdan-kam ishlatilsa-da, 
ular qat’iy xavfsizlik rejimiga va shiddatli trafikka ega bo‘lgan 
hisoblash muhiti (server xonalari ham bunga kiradi) uchun qulay
167


hisoblanadi. Ulaming aniqligi yuqori va inkor koeffitsienti, ya’ni 
inkor etilgan qonuniy foydalanuvchilar foizi kichik.
Yuzning tuzilishi va ovoz b o ‘yich a autentifikatsiyalovchi
tizimlar.
Bu tizimlar arzonligi tufayli eng foydalanuvchan hisob- 
lanadilar, chunki aksariyat zamonaviy kompyuterlar video va audeo 
vositalariga ega. Bu sinf tizimlari telekommunikatsiya tarmoqlarida 
masofadagi foydalanuvchi subyektni identifikatsiyalash uchun ishla­
tiladi. 
Yuz tuzilishini skanerlash texnologiyasi
boshqa biometrik 
texnologiyalar yaroqsiz bo‘lgan ilovalar uchun to‘g‘ri keladi. Bu 
holda shaxsni identifikatsiyalash va verifikatsiyalash uchun ko‘z, 
burun va lab xususiyatlari ishlatiladi. Yuz tuzilishini aniqlovchi 
qurilmalami ishlab chiqamvchilar foydalanuvchini identifikatsiya- 
lashda xususiy matematik algoritmlardan foydalanadilar.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pgina tashkilotlaming xodimlari yuz 
tuzilishini skanerlovchi qurilmalarga ishonmaydilar. Ulaming 
fikricha, kamera ulami rasmga oladi, so‘ngra suratni monitor ekra- 
niga chiqaradi. Kameraning sifati esa past bo‘lishi mumkin. Undan 
tashqari yuz tuzilishini skanerlash - biometrik autentifikatsiyalash 
usullari ichida yagona, tekshirishga raxsatni talab qilmaydigan 
(yashiringan kamera yordamida amalga oshirilishi mumkin) usul 
hisoblanali.
Ta’kidlash lozimki, yuz tuzilishini aniqlash texnologiyasi 
yanada takomillashtirilishni talab etadi. Yuz tuzilishini aniqlovchi 
aksariyat algoritmlar quyosh yomg‘ligi jadalligining kun bo‘yicha 
tebranishi natijasidagi yorug‘lik o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘ladilar. 
Yuz holatining o‘zgarishi ham aniqlash natijasiga ta’sir etadi. Yuz 
holatining 45° ga o‘zgarishi aniqlashni samarasiz bo‘lishiga olib 
keladi.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin