S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/249
tarix09.09.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#142327
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Nazorat savollari:
1. Foydalanuvchini autentifikatsiyalashda faol ishlatiladigan 
biometrik alomatlar.
2. Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskopik tizimi ish­
lash sxemasini tushuntirib bering.
3. Qo‘l panjasining geometrik shakli bo‘yicha autentifikatsiya- 
lash tizimlarini tushuntirib bering.
4. Yuz tuzilishi bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlarining ish­
lash prinsipini tushuntirib bering.
5. Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari xususiyatlari.
6. Ko‘z yoyi to‘r pardasining naqshi bo‘yicha autentifikatsiya­
lash tizimini yoritib bering.
170


VII bob. KOMPYUTER VIRUSLARI VA ZARARKUNANDA
DASTURLAR BILAN KURASHISH MEXANIZMLARI
7.1. Kompyuter viruslari va virusdan himoyalanish
muammolari
Kompyuter virusining ko‘p ta’riflari mavjud. Birinchi ta’rifni 
1984-yili Fred Koen bergan: "Kompyuter virusi - boshqa dasturlar­
ni, ularga o‘zini yoki o‘zgartirilgan nusxasini kiritish orqali, ulami 
modifikatsiyalash bilan zaharlovchi dastur. Bunda kiritilgan dastur 
keyingi ko‘payish qobiliyatini saqlaydi". Vimsning o‘z-o‘zidan ko‘- 
payishi va hisoblash jarayonini modifikatsiyalash qobiliyati bu ta’- 
rifdagi tayanch tushunchalar hisoblanadi. Kompyuter vimsining 
ushbu xususiyatlari tirik tabiat organizmlarida biologik vimslaming 
parazitlanishiga o‘hshash.
Hozirda kompyuter vimsi deganda quyidagi xususiyatlarga ega 
bo‘lgan dasturiy kod tushuniladi:
- asliga mos kelishi shart bo'lmagan, ammo aslining xususiyat- 
lariga (o‘z-o‘zini tiklash) ega bo‘lgan nusxalami yaratish qobiliyati;
- hisoblash tizimining bajariluvchi obyektlariga yaratiluvchi 
nusxalaming kiritilishini ta’minlovchi mexanizmlaming mavjudligi.
Ta’kidlash lozimki, bu xususiyatlar zaruriy, ammo yetarli 
emas. Ko‘rsatilgan xususiyatlami hisoblash muhitidagi zarar kelti- 
mvchi dastur ta’sirining destruktivlik va sir boy bermaslik xusu­
siyatlari bilan to‘ldirish lozim.
Vimslami quyidagi asosiy alomatlari bo‘yicha turkumlash 
mumkin:
- yashash makoni;
- operatsion tizim;
- ishlash algoritmi xususiyati;
- destruktiv imkoniyatlari.
Kompyuter viruslarini yashash makoni, boshqacha aytganda, 
viruslar kiritiluvchi kompyuter tizimi obyektlarining xili bo‘yicha
171


turkumlash asosiy va keng tarqalgan turkumlash hisoblanadi (7.1- 
rasm).
7.1-rasm. Yashash makoni bo‘yicha kompyuter viruslarining
turkumlanishi.
Fayl viruslari
bajariluvchi fayllarga turli usullar bilan kiritiladi 
(eng ko‘p tarqalgan viruslar xili), yoki fayl-yo‘ldoshlami (kompa- 
non viruslar) yaratadi yoki faylli tizimlarni (link-viruslar) tashkil 
etish xususiyatidan foydalanadi.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin