Maktab amaliyotchi psixologlari uchun psixologik xizmatdan innovatsion



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/54
tarix10.09.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#142383
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
psixologik xizmat

Xarakterni aniqlash metodikasi 
 
1.
Qaysi biri siz uchun muhimroq? 
A) kichikkina do’stlar davrasi; b) ko’pgina o’rtoqlar davrasi. 
2.
Qanday kitoblar sizga ko’proq yoqadi? 
A) qiziqarli syujetli; b) odamlar ruhiy kechinmalari aks ettirilgan. 
3.
Ishda nimaga ko’proq yo’l qo’yishingiz mumkin? 
A) kechikish; b) xatoliklar. 
4.
Agar yomon ish qilib qo’ysangiz: 
A) juda qayg’urasiz; b) unchalik qayg’urmaysiz. 
5.
Odamlar bilan qanday chiqishasiz? 
A) juda tez va oson; b) sekin, ehtiyotkorlik bilan. 
6.
O’zingizni arazkash deb hisoblaysizmi? 
A) ha; b) yo’q. 
7.
CHin dildan kulishga moyilmisiz? 
A) ha; b) yo’q. 
8.
Siz qandaysiz? 
A) kamgap; b) sergap. 
9.
Siz ochiqmisiz yoki hislaringizni birovlardan yashirasizmi? 
A) ochiqman; b) yashiraman. 
10.
o’z xis-kechinmalaringizni tahlil qilishni yoqtirasizmi? 
A) ha; b) yo’q. 
11.
Ko’pchilik davrasida bo’lganda, Siz: 
A) tinmay gapirasiz; b) boshqalarni tinglaysiz. 
12.
Tez-tez o’zingizdan norozi bo’lib turasizmi? 
A) ha; b) yo’q. 
13.
Biror nimalarni tashkil qilishni yoqtirasizmi? 
A) ha; b) yo’q. 
14.
Sirlaringiz yozilgan kundalik tutishni hohlarmidingiz? 


92 
A) ha; b) yo’q. 
15.
Biror narsaning qaroridan uni bajarishga tez o’tasizmi? 
A) ha; b) yo’q. 
16.
Kayfiyatingizni tez o’zgartira olasizmi? 
A) ha; b) yo’q. 
17.
O’zgalarni ishontirib, ularga o’z fikringizni o’tkazishni yaxshi 
ko’rasizmi? 
A) ha; b) yo’q. 
18.
Sizning harakatlaringiz: 
A) tez; b) sekin. 
19.
Siz bo’lishi mumkin bo’lgan noxush hodisalardan tashvishlanasiz? 
A) tez-tez; b) ba’zan. 
20.
Qiyin holatlarda Siz: 
A) yordam so’rashga shoshilasiz: b. hech kimga murojaat qilmaysiz 
Endi javoblaringizni hisoblab chiqing. 
Metodikaning kaliti: 
Javoblar ichidagi quyidagilar Sizdagi ekstroversiyani ko’rsatadi: 1b, 2a, 3b, 
5a, 6b, 7a, 8b, 9a, 10b, 11a, 12b, 13a, 14b, 15a, 16a, 17a, 18a, 19b, 20a. Mos 
kelgan javoblar sonini 5 ga ko’paytiring. 
0 — 35 ballar — introversiya; 
36 — 65 ballar — ambiversiya; 
66 — 100 ballar — ekstraversiya. 
SHunga o’xshash xarakterni o’rganish metodikalari ko’p bo’lib, ular 
yordamida odam o’zini va yaqinlarini o’rganib turishi kerak. 
SHaxs irodasini o’rganish testi 
Ushbu ruhiy holatni aniqlash uchun maxsus ishlab chiqilgan testdan 
foydalanish mumkin. Tavsiya qilinayotgan fikrlarga shaxs «Ha» yoki «Yo’q» 
degan javob qaytarish kerak.
1. Hayotdagi muvaffaqiyat tasodiflariga ko’ra oldindan qilingan hisob-
kitoblarga ko’proq bog’liq bo’ladi, deb o’ylayman.
1.
Agar o’zimning sevimli mashg’ulotlarimdan ayrilsam, unda men uchun 
hayotning mazmuni yo’qoladi.
2.
Men uchun har qanday ishning oqibati, natijasidan ko’ra, uning 
bajarilishi jarayoni muhim.
3.
Men odamlarning o’z yaqinlari bilan bo’lgan munosabatlarining yaxshi 
emasligidan ko’ra ishdagi muvaffaqiyatsizlikdan ko’proq qayg’uradilar deb 
hisoblayman.
4.
Mening fikrimcha, ko’pchilik odamlar yaqin kelajakka mo’ljallangan 
maqsad bilan emas, balki uzoqqa mo’ljallangan maqsad bilan yashaydilar.
5.
Agar imkoniyat bo’lsa-da, lekin hech kim sezmasligiga ishonchim komil 
bo’lsa ham nojo’ya harakat qila olmayman.


93 
6.
Mening hayotimda muvaffaqiyatsizliklardan ko’ra muvaffaqiyatli kunlar 
ko’p bo’lgan.
7.
Menga amaliy, ishchan, ishbilarmon odamlardan ko’ra his-tuyg’uli, 
ko’ngilchan inson ko’proq yoqadi.
8.
Hatto oddiy ishda ham men uning ba’zi elementlarini takomillashtirishga 
harakat qilaman.
9.
Muvaffaqiyatga erishish haqidagi fikrlarga berilib ketgan vaqtlarimda 
ehtiyotkorlik choralarini unutib qo’yishim mumkin.
10.
Yoshligimda ota-onam meni dangasa deb hisoblar edi.
11.
Men o’zimning muvaffaqiyatsizliklarimga sharoit emas, balki ko’proq 
o’zimni aybdor deb hisoblayman.
12.
Ota-onam meni qattiq nazorat qilishgan.
13.
Menda qobiliyatga nisbatan sabr-toqat kuchli.
14.
O’z maqsadlarimdan qaytishga muvaffaqiyatga erisha olmasligim 
haqidagi fikr emas, balki dangasalik sabab bo’ladi.
15.
Men o’zimni o’zimga ishongan odam man deb hisoblayman.
16.
Muvaffaqiyatga erishish uchun garchi imkoniyatlar mening foydamga 
bo’lmasa ham tavakkal qilishim mumkin.
17.
Men tirishqoq odam emasman.
18.
Hamma ishlar tekis (me’yorida) ketayotgan bo’lsa, unda mening 
g’ayratim yanada oshadi.
19.
Agar men gazetada ishlaganimda edi, unda turli voqealar haqida 
yozishdan ko’ra, ko’proq odamlar yaratgan yangiliklarni yozgan bo’lar edim.
20.
Mening 
yaqinlarim 
odatda 
shaxsiy 
rejalarim 
bilan 
hamfikr 
bo’lmaydilar.
21.
Mendagi 
hayotga 
nisbatan 
bo’lgan 
talablarimning 
darajasi 
o’rtoqlarimning shunday talablaridan pastroq.
22.
Men o’z maqsadlarimga erishish yo’lida qat’iyman.
Test kaliti. «Ha»-1, 2, 6, 7, 8, 9, 15, 17, 19, 20, 22, 23. «Yo’q»- 3, 4, 5, 10, 
11, 12, 13, 14, 16, 18, 21.
Natijalarning miqdoriy tahlili. Ballar yig’indisi 0-9 dan past bo’lganda-
Sizning faoliyatingizda muvaffaqiyatga ehtiyoj yaqqol ko’rinmaydi. 10-13 
ballgacha: Sizda muvaffaqiyatga intilish bor, lekin hayotda faoliyatingizni tashkil 
qilishda har doim ham muvaffaqiyatga ehtiyoj sezavermaysiz. 14-23 ballgacha: 
Sizning faoliyatingizda muvaffaqiyatga ehtiyoj yuqori darajada, har doim 
muvaffaqiyat bo’lishiga ishonasiz, qat’iysiz u yoki bu darajada murakkab, lekin 
bajarilishi mumkin ishlarni qilishni yoqtirasiz. 0-9 past, 10-13 o’rtacha, 14-23 
yuqori.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin