163
ishlar hajmining qisqartirilganligi, bunday o‘zgarishlar xodimlar sonini yoki
ishlar, xususiyatining o‘zgarishiga olib kelishi oldindan ma’lum bo‘lgan
holda ish beruvchi ayrim toifadagi xodimlar uchun mehnat shartnomalarini
o‘zgartirish xususida korxonaning xodimlari vakillari organlari bilan
oldindan maslahatlashib olinadi. Ish beruvchi mehnat shartnomalaridagi
bo‘lajak o‘zgarishlar haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma ravishda
ogohlantirib tilxat olishi shart. Ko‘rsatilgan vaqtni qisqartirish uchun faqat
xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Xodim bilan mehnat shartnomasi u
yangi mehnat shartnomalari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi
sababli bekor qilinishi mumkin. Bunda xodimga o‘rtacha oylik ish haqi
miqdori kam bo‘lmagan miqdorda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi.
Xodim ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomalari o‘zgartirilganligi
ustidan sudga shikoyat qilishga haqli. Nizoni ko‘rish vaqtida ish
beruvchining zimmasiga avvalgi mehnat shartlarini saqlab qolish
imkoniyati yo‘qligini isbotlab berish majburiyati yuklatiladi. Mehnat
to‘g‘risidagi qonun va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan
hollarda, xodim ish beruvchidan mehnat shartnomalarini o‘zgartirishga
talab qilishga haqlidir. Xodimning mehnat shartnomasini o‘zgartirish
haqidagi arizasi berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ish
beruvchi tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.
Xodimning mehnat shakllarini o‘zgartirish haqidagi talablari rad
etilgan taqdirda ish beruvchi unga rad etishning sababini ma’lum qilishi
kerak. Xodimga uning talablarini rad etish sabablarini ma’lum qilmaslik
xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish rad etilganligi xususida shikoyat
qilishi uchun to‘sqin bo‘la olmaydi. Mehnat shartnomasida shartlashib
olinmagan ish joyini o‘zgartirish mehnat shartlarini o‘zgartirish deb
hisoblanmaydi. Bu haqda xodim bilan kelishishi talab qilinmaydi. Boshqa
doimiy ishga o‘tkazishga – unga boshqa mutaxassislik, malaka lavozimiga
oid ishlarni topshirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Agar obyektiv sabablarga ko‘ra mehnat shartnomasida belgilab qo‘yilgan
mehnat vazifasi doirasida ishni davom ettirish mumkin bo‘lsa, ish beruvchi
xodimga mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan ishni, bunday ish
bo‘lmaga taqdirda esa korxonada mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi
shart. Xodim boshqa ishga o‘tishdan bosh tortgan yoki o‘ziga muvofiq
keladigan ish bo‘lmagan taqdirda mehnat shartnomasini umumiy asoslari
bo‘yicha bekor qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: