179
12-BOB. KORXONA/TASHKILOTLARDA REKRUTMENT
JARAYONINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
12.1. Personalni qidirish, tanlash, yollash va adaptatsiya jarayonining
tahlili
Personalni qidirish, tanlash, yollash va adaptatsiya jarayonining tahlil
qilishda asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Kadrlar
xizmati samaradorligini va aniqrog'i rekruting
jarayonini baholash
usullaridan biri bu KPI - asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlaridan
foydalanishdir.
KPI yoki Key Performance Indicators
-
asosiy samaradorlik
ko‘rsatkichlaridir. Bu atama ba'zan "natijaviylikning asosiy ko‘rsatkichlari"
deb
ham tarjima qilinadi, ammo bu holat kamroq uchraydi.
Asosiy
samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimidan rivojlangan sho‘balar tarmog'iga va
katta bosh idoraga ega bo‘lgan yirik korporatsiyalar foydalanadi.
KPI rekruterlarning samarali vositasi bo‘lib,
quyidagilarga imkon
beradi:
Xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash.
Ish jarayoni davomida samaradorlikni saqlashni nazorat qilish.
Ish jarayonini boshqarish.
Xodimlar oldiga aniq maqsadlarni qo‘yish.
KPI turlari:
Oddiy KPI
Xosilaviy ko‘rsatkichlar
Natija KPIsi miqdoriy yoki sifat
jihatidan ifodalanadi.
Xarajarlar KPIsi har xil
xarajatlarni ko‘rsatadi.
Unumdorlik KPIsi natija va sarf
qilingan vaqt o‘rtasidagi
bog'liqlikni ko‘rsatadi.
Samaradorlik ko‘rsatkichlari
natija va sarflangan
resurslarning
nisbatlarini aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: