202
14-BOB. AUTSORSING REKRUTMENTNING YANGI
YO‘NALISHI SIFATIDA
14.1. Korporativ autsorsing va bozor autsorsingi
Autsorsing
– bu kompaniyaning ma’lum
bir vazifalarini boshqa
kompaniyalar yoki tashqi ishchilarga topshirishidir. Bu so‘z bizga ingliz
tilidan kirib kelgan bo‘lib, agar siz uni so‘zma-so‘z tarjima qilsangiz,
"tashqi manba"
degan ma’noni anglatadi. Bunda siz ba’zi bo‘limlarning
funksiyalarini rekruting agentliklariga yoki boshqa manbalarga topshiriladi.
Kompaniya autsorsing yordamida turli xil soliqlardan ham ozod bo‘lishi
mumkin.
Autsorsing turlari buyurtmachi kompaniya
provayderga qanday
faoliyat turlarini berib yuborayotganiga qarab farqlanadi:
-
minimal autsorsing
- yoki uzoq muddatli kelishuv asosida
ta’minotchi,
yordamchi, xizmat ko‘rsatish ustaxonalari va xizmatlari
shug’ullanadigan faoliyat turiga oid bo‘lmagan sohalar autsorsingi; Shu
ma’noda, autsorsingning ushbu turi ishlarni pudrat asosida bajarishdan juda
kam farq qiladi;
-
samarali autsorsing
- yoki faoliyatning intellektual turi autsorsingi
- yuridik, maslahat, rekruting, informatsion, marketing, buxgalteriya va hk.;
-
radikal autsorsing
- yoki qobiq kompaniyasini qayta tuzilish
natijasida yaratishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarish jarayonlarining
autsorsingi (ishlab chiqarishsiz kompaniya). Masalan, hozirgi vaqtda Nike
o‘z ishlab chiqarishiga ega emas va birinchi navbatda marketing va dizayn
tashkilotidir.
Masalan, Yaponiyada autsorsing kadrlar tayyorlash (so‘rovda
qatnashgan firmalar umumiy sonining 20%), axborot tizimlarini boshqarish
(19,7%), ishlab chiqarish jarayonlari (17,4%),
buxgalteriya operatsiyalari
(14%) sohasidagi biznes amaliyotining muhim qismidir. Shunday qilib,
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish uchun
autsorsingdan foydalangan AQSh kompaniyalarining 70% dan ortig'i o‘z
maqsadlariga erishdilar. SSSRda raketa, aviatsiya, mudofaa sanoatidalarida,
xorijiy vakolatxonalarda autsorsing texnologiyalari foydalanilgan. Bugungi
kunda autsorsing binolarni saqlash, qo‘riqlash va tozalashda, buxgalteriya
hisobi va hisoboti yuritishda, konsaltingda, merchandayzingda, auditda,
marketing tadqiqotlarida, biznesni o‘qitish va xodimlarni baholashda keng
qo‘llaniladi.
203
Autstaffing
.
Aytaylik, kompaniya an’anaviy tarzda xodimlarini
idorasida ishlatmoqchi. Autstaffing bu ishchining kompaniya xodimlari
jadvalidan qonuniy
ravishda chiqib ketishi, soliq yukini kamaytirishi
mumkin. Hujjatga ko‘ra, ishchilar uchun faqat ish beruvchi o‘zgaradi. Shu
holat autstaffing bo‘ladi. Ish jarayoni esa o‘zgarmaydi. Bu korxonalar uchun
soliq yukini kamaytirishning variantlaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: