Autsorsing modellari.
Bugungi kunda deyarli barcha kompaniyalar
autsorsing xizmatlaridan foydalanmoqdalar. Hatto buxgalteriya xizmatlari
va SMM-mutaxassislari uchun ham ushbu xizmatdan foydalanilmoqda.
Yirik kompaniyalar butun bo‘limlarni va ishlab chiqarish xizmatlarini tashqi
manbalarga o‘tkazmoqda.
Qaysi bo‘limlar va ishlab chiqarish segmentlarini pudratchilar va
subpudratchilarga topshirish mumkinligini aniqlash uchun autsorsingning
klassik modellarini ko‘rib chiqish kerak:
• Sanoat – ishlab chiqarish vazifalarini autsorsinglash. Masalan,
fabrikaga mahsulot ishlab chiqarishga buyurtma berib, zaxiradagi
mahsulotni ishlab chiqish, takomillashtirish, reklama qilish, sinovdan
o‘tkazish bo‘yicha boshqa ishlarni o‘zida saqlab qolish.
• IT – vazifalarni IT pudratchisiga o‘tkazish. Bu bilan kompyuter
uskunalariga ketadigan xarajatni tejash;
• Moliyaviy – buxgalteriya hisobi, hisobot, inventarizatsiya auditi va
ish haqi hisobini buxgalteriya kompaniyasiga o‘tkazish. Bundan tashqari,
ushbu vazifalarning har biri turli xil pudratchilarga topshirilishi mumkin.
• Huquqiy – yuridik hujjatlarni yuritishda xususiy advokat yoki
yuridik firmalarga murojaat qilish.
• Nashriyot – bosma materiallarning chiqarilishini, shuningdek xorijiy
maqolalar tarjimalarini va boshqa funksiyalarni nashriyotdan pudratchiga
topshirish.
• Chakana savdo sohasida - savdo, transport, omborlar, qadoqlash kabi
xizmatlarni autsorsinga topshirish.
• PR sohasidagi marketing – SMM, SEO-reklama, ommaviy axborot
vositalari, bloggerlar bilan aloqa, onlayn reklama uchun video, fotosuratlar
va boshqa reklama materiallarini yaratish.
206
• Telemarketing – savdo bo‘limining aloqa markazlari, mijozlar va
texnik ko‘maklarni tashqaridan olish.
Ushbu modellarning har biri tashqi autsorsing agentliklari yordamida
amalga oshirilishi mumkin. Autsorsing agentliklari bitta bo‘limni emas,
balki biznesning butun qismini boshqarishni o‘z zimmasiga olishi mumkin.
Vazifalaringizni qaysi agentlikka topshirish kerak va kompaniya
ichidagi ishni qanday qayta tashkil etish mumkin? Birinchi vazifa – qaysi
bo‘limlarni isloh qilish va autsorsing qilish mumkinligini aniqlash.
Ikkinchidan, tanlangan bo‘limlar tomonidan bajarilgan KPI va joriy
vazifalarni ko‘rib chiqish va autsorsing uchun ish jadvalini tuzish:
• dolzarb vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgandan ko‘proq vaqt
talab etiladi;
• vazifalar ro‘yxati qisqartirilishi mumkin;
• bo‘lim ichidagi ish sxemasi eskirgan, butun jarayonni
sekinlashtirayotgan va qayta tashkil etilishi kerak bo‘lishi mumkin;
• ba’zi lavozimlarni bekor qilish mumkin.
Agar xarajatlar tejalishi rejalashtirilayotgan bo‘lsa, vazifalar hajmini
kamaytirish kerak bo‘ladi. Hamma bo‘limlar buni uddalay olmaydi, ammo
ishni osonlashtirish haqida o‘ylash kerak. Masalan, kompaniyaning
korporativ ijtimoiy tarmoqlari va ommaviy axborot vositalari uchun
rasmlar, infografika, harakatlanish dizaynlarini yaratadigan dizayneri bor.
U har kuni texnik topshiriq va kontent rejasiga muvofiq media-fayllarni
tayyorlaydi. Kompaniya tasvirlar sonini kamaytirishi, ijtimoiy tarmoqlar
uchun murakkab va qimmat harakatlanish dizaynini olib tashlashi, haftada
bir marta dizaynerga texnik topshiriq berishi va ushbu ishni bajarish uchun
frilanser yollashi mumkin.
Agar kompani AKT, veb-ishlab chiqish bilan shug‘ullansa, doimiy
dizayner kerak bo‘ladi. Ammo UI, UX, veb-dizayn kabi faoliyatlar frilanser
yoki agentlikka topshirilishi mumkin. Boshqa qanday vazifalarni tashqi
manbalarga berish mumkin:
• PR bo‘limi ishi yoki uning ba’zi funksiyalari;
• buxgalteriya hisobini yuritish;
• idora uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
• idorani tozalash;
• dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;
• mahsulotlar ishlab chiqarish;
• tovarlar uchun qadoqlarni ishlab chiqarish;
• omborxona, logistika, qadoqlash va oxirgi iste’molchiga yetkazish.
207
Ushbu ro‘yxatni yana ko‘plab variantlar bilan to‘ldirish mumkin.
Shubhasizki, xodimlar bilan masofadan ishlash sinab ko‘rilganidan so‘ng,
qaysi bo‘limlar vazifalarni masofadan turib osonlikcha bajara olishlarini va
kimning idorada bo‘lishi muhimligini aniqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |