136
2-MODUL. REKRUTMENT FAOLIYATINING TASHKILIY
ASOSLARI
9-BOB. TANLOVDAN KEYINGI CHORA-TADBIRLAR
9.1. Tanlangan nomzodni bevosita o‘z rahbariga tanishtirish
Tanlangan nomzodni bevosita o‘z (chiziqli) rahbariga taqdim etish
to‘rt bosqichda amalga oshiriladi (9.1.1-rasm).
9.1.1-rasm Nomzodni chiziqli rahbarga taqdim etish bosqichlari
Endi, biz har bir bosqichni batafsil ko‘rib chiqamiz.
Nomzod va chiziqli rahbarni birinchi suhbatga tayyorlash.
Chiziqli rahbarni suhbatga tayyorlash orqali nafaqat uchrashuvning sanasi
va vaqtini muvofiqlashtirishni, balki quyidagi masalalarga aniqlik kiritishni
ham tushunish kerak.
- Chiziqli rahbarning talablarida biron bir narsa o‘zgarmaganmi,
ayniqsa nomzod rezyumeni taqdim etish va suhbat o‘rtasida ko‘p vaqt
o‘tgan bo‘lsa?
- Chiziqli rahbar nomzod va uning yutuqlari to‘g'risida,
shuningdek
ochiq lavozimga qo‘yiladigan talablarga potentsial nomuvofiqliklar
to‘g'risida etarlicha ma'lumotga egami?
- Rahbar nomzodga bermoqchi bo‘lgan savollarni tayyorlashda
yordamga muhtojmi?
O‘z navbatida, chiziqli rahbar bilan
birinchi suhbatga nomzodni
tayyorlashda, rekruter nomzodning oldiga kamida ikkita maqsad qo‘yadi:
137
1) uchrashuv natijalariga ko‘ra, bo‘sh ish o‘rni uning ehtiyojlari va
talablariga qanchalik mos kelishini tushunish, kompaniya haqida
tushunchasini teranlashtirish va potentsial rahbar to‘g'risida
fikrni
shakllantirishga yordam berish;
2) o‘zini, yutuqlari va ko‘nikmalarini eng to‘liq va to‘g'ri tarzda
tanishtirish.
Rekruterning
nomzod va chiziqli rahbar o‘rtasidagi birinchi suhbatga
tayyorgarlik ko‘rishdagi nomzod oldidagi vazifasi
nomzodning barcha
ma'lumot bo‘shliqlarini:
kompaniya, lavozim va suhbat jarayoni haqida
bilimlarini to‘ldirishdir. Bunda, kompaniyada vujudga kelgan korporativ
madaniyat, qadriyatlar va an'analarga alohida e'tibor qaratish lozim.
Shuningdek, nomzod bilan uchrashadigan barcha xodimlar haqida batafsil
ma'lumot berishingiz, kim va nima haqida so‘rashini, intervyu jarayonida
chiziqli menejerlar odatda o‘zini qanday tutishini oydinlashtirish kerak.
Bundan tashqari, rekruter nomzodning
kompaniyada ishlashga
bo‘lgan qiziqishi saqlanib qolganligiga va shunga mos ravishda
nomzodning motivatsiyasiga ishonch hosil qilishi kerak. Yana bir bor,
nomzod olishni istagan eng aniq ish haqi miqdorini aniqlashtirish kerak.
Agar oxirgi suhbat / uchrashuvdan keyin miqdor o‘zgargan bo‘lsa,
rekruter sabablarni aniqlab, yangi raqamlarni
kompaniya byudjeti bilan
taqqoslashi kerak.
Ko‘pgina rekruterlar yoki rekruting agentligi nomzodni "juda yaxshi"
tayyorlashi, u kerakli javobni berashi va suhbat o‘tkazayotganlar esa
noto‘g'ri ma'lumotlar olishidan saqlanadilar. Bunday holatni agar nomzodni
tayyorlashda professional ravishda yondashilganda oqlab bo‘lmaydi.
Malakali rekruter nomzodga yo‘naltirishda yordam beradi, masalan
quyidagi tarzda:
“Direktorlar, avvalambor, sizning g'ayratingiz bilan
qiziqishadi. Biz muhokama qilgan narsalarimizni yana bir bor eslab, nega
bizning kompaniyamizdagi lavozimga qiziqish bildirasiz va buni direktorga
asosli ravishda tushuntiring".
Rekruter nomzodga, birinchi marta chiziqli
rahbar bilan suhbat
paytida, ish taklifini olgunga qadar, u hech narsani baholashi va o‘lchashi
kerak emasligini eslatishi kerak. Uning o‘zining taqdimoti birinchi
navbatda: "Men kompaniyaga nima bera olaman?" degan savolga javob
berishi kerak. Faqatgina muvaffaqiyatli intervyudan keyingina kompaniya
taqdim etayotgan imkoniyatlarni o‘zining kutilmalari bilan taqqoslash va
“Menga ushbu kompaniyada ishlash nimasi bilan qiziq?”
degan savolga
javob berish vaqti keladi.
138
Chiziqli rahbar bilan suhbatda nomzodga berilishi mumkin bo‘lgan
eng mashhur savollarni ko‘rib chiqamiz:
Dostları ilə paylaş: