145
Quyida, rekruter bilan nomzod o‘rtasidagi aloqaning asosiy
bosqichlarini tahlil qilamiz va ularning har birida rad etish texnologiyasi
haqida sharh beramiz.
Rezyume bo‘yicha rad etish.
Aslida, bu nomzodni emas, balki uning
rezyumesini ko‘rib chiqishdan bosh tortishdir. Bunday qaror juda
ehtiyotkorlik bilan qabul qilinishi kerak, chunki etarli ma'lumot mavjud
emas va munosib nomzodni qoldirib yuborish xavfi mavjud. Biroq,
rekruterning nomzodni to‘g'ridan-to‘g'ri rad etishiga hojat yo‘qligi bilan
vazifa osonlashadi.
"Mars Rossiya" MChJ ning rad etish xati misolini ko‘rib chamiz:
«Hayrli kun, hurmatli _______ !
Mars Rossiya MChJda ishlash istagingiz uchun tashakkur. Bizning
kompaniyamizga
bo‘lgan
qiziqishingizni,
shuningdek
rezyumeni
tayyorlashga sarflagan vaqtingiz va kuchingizni qadrlaymiz. Puxta o‘ylab
chiqqandan so‘ng, biz ushbu lavozimga ko‘proq mos keladigan
nomzodlarimiz bor degan xulosaga keldik. Ammo, kelajakda sizning
malakangiz va manfaatlaringizga mos keladigan bo‘sh joy mavjud bo‘lsa,
siz bilan bog'lanish uchun rezyumeni saqlab turamiz. Sizga mars.com
saytida rezyumeni yangilashni unutmaslikni maslahat beramiz.
Kelajakda sizga katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Hurmat bilan,
__________________
MChJ "Mars Rossiya" Rekrutment jamoasi.
Dostları ilə paylaş: