Qarshi Davlat universiteti Pedagogika fakulteti
Boshlang‘ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi
4-kurs 63-guruh talabasi Xolmurodov Komil.
Maktabda lug'at ustida ishlash metodikasi to'rt asosiy yo'nalishni ko'zda
tutadi:
1. O'quvchilar lug'atini boyitish, ya'ni yangi so'zlarni, shuningdek, bolalar
lug'atida bo'lgan ayrim so'zlaming yangi ma'nolarini o'zlashtirish. Ona
tilining lug'at boyligini bilib olish uchun o'quvchi o'z lug'atiga har kuni 8-
10 ta yangi so'zni, shu jumladan, ona tili darslarida 4-6 so'zni qo'shishi,
ya'ni shu so'zlar ma'nosini o'zlashtirishi lozim.
2. O'quvchilar lug'atiga aniqlik kiritish. Bu oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
1) o'quvchi puxta o'zlashtirmagan soʻzlaming ma'nosini toʻliq
oʻzlashtirish, ya'ni shu soʻzlarni matnga kiritish, ma'nosi yaqin so 'zlarga
qiyoslash, antonim tanlash yo'llari bilan ulaming ma'nosiga aniqlik
kiritish;
2) so'zning kinoyali ma'nosini, koʻp ma'noli so'zlarni o'zlashtirish;
3) soʻzlaming sinonimlarini, sinonim soʻzlaming ma'no qirralarini
o'zlashtirish;
4) ayrim frazeologik birliklarning ma'nosini oʻzlashtirish.
3. Lug'atni faollashtirish, ya'ni o'quvchilar ma'nosini tushunadigan, ammo
o'z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug'atidagi so'zlarni faol
lug'atiga o'tkazish.
Buning uchun shu so'zlar ishtirokida so'z birikmasi va gaplalr tuziladi,
ular o'qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so'zlarni o'quvchilar faol lug'atidan
nofaollug'atiga o'tkazish.
Maxsus mashqlar yordamida grammatika va imloni oʻrganish darslari
ko'pgina soʻz va atamalarni o'zlashtirishga yordam beradi, o'quvchilar
Dostları ilə paylaş: |