Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Bulardan boshqa bir qancha forklar ham yaratilgan,
ammo ularning Bitcoindan
unchalik katta farqlari yo’q desa ham bo’ladi. Farqlari faqat emissiya tezligi va
chegaralari yoki xesh-funktsiyalar algoritmlaridagina bo’lishi mumkin. Bunday
turdagi ko’pgina forklar 2011-2014 yillarda Bitcoinning
bozorda erishgan
muvaffaqiyatlari
tufayli
vujudga
kelgan
deyishimiz
ham
mumkin.
Kriptovalyutalarning boshlang’ich narxi uning generatsiya qilish uchun
kompyuterga sarf qilingan elektr energiyasining bahosiga teng deyish mumkin.
Kriptovalyutaning ikkilamchi bozoriy narxini esa unga bo’lgan talab aniqlab beradi.
Bunday talab quyidagi amallar vositasida shakllanishi mumkin:
1) spekulyativ — investorniki (
kriptovalyutani uni yanada qimmatroq sotish
maqsadida sotib olish
);
2) Kriptovalyuta to’lab, o’rniga qandaydir tovar yoki mahsulot olish;
3) Kriptovalyutani boshqa hisob raqamiga komissiyasiz (
yoki 0,1% dan ham
kamroq komissiya bilan
) o’tkazish.
Bulardan
tashqari, kriptovalyutaning bozoriy narxini xosil qilishda uning
oxirgi emissiyasi qanday bo’lganligi ham ahamiyatga ega bo’ladi. Bitcoin
tarmog’ini yaratgan Gevin Andrisen ham ba’zi bir kriptovalyutalarning firibgarlik
mahsuli bo’lishi mumkinligidan o’z xavotirini bildirgan. Xozirgi davrda Bitcoindan
boshqa hech qanday kriptovalyuta bunchalik keng miqyosda tarqalmaganligini ham
aytib o’tishimiz kerak. Litecoin va Namecoin kriptovalyutalari
boshqalarga
nisbatan biroz kengroq tarqaldilar, ammo Bitcoinga yetishning uddasidan chiqa
olmadilar. Boshqa barcha kriptovalyutalar ularning
kurslarida biroz miqdorda
spekulyatsiya qilish uchun ishlatiladilar va boshqa yerlarda ishlatilganlari xozircha
kuzatilmadi. Asosiy kriptovalyutalar emissiyaning quyidagi umumiy miqdori
doirasida amal qiladilar: (
Dostları ilə paylaş: