Amazon YEC2, Amazon Simple Storage Service (S3), Google Apps/Docs, Salesforce.com, Microsoft Office Web kabi onlayn-xizmatlarini misol sifatida keltirish mumkin. Ta’kidlash
joizki, ommaviy bulutda foydalanuvchi bulutli tizimni past va cheklangan darajada
nazorat qilganligi tufayli, qat’iy xavfsizlik choralarini va me’yoriy talablarga mos
kelishlikni ta’minlab bera olmaydi.
Gibrid bulut (
hybrid cloud ) – bu infratuzilma yuqoridagi barcha ko’rsatilgan
bulutli modellarini o‘z tarkibiga oladi (
xususiy bulut va ommaviy bulut ). Odatda,
gibrid bulut platformasi undan foydalanadigan kompaniyada yaratiladi, ularni
boshqarish bo‘yicha mas’uliyat esa korxona bilan ommaviy bulutni yetkazib
beruvchi o‘rtasida taqsimlanadi. Gibrid bulutning bir qismi ommaviy bulutga, bir
qismi xususiy bulutga tegishli bo‘lgan xizmatlarni taqdim etadi. Misol sifatida
xususiy bulutli texnologiya to‘g‘risida yanada aniq tasavvurga ega bo‘lishga
yordam beradigan quyidagi asosiy mezonlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
1.
Bulut –
bu nafaqat virtuallashtirish , negaki, server va infratuzilishni
virtuallashtirish uni informatsion bulut deb hisoblashning asosi hisoblansada,
virtuallashtirish va virtuallashgan muhitni boshqarishni amalga oshirish natijasida
tizim o‘z-o‘zidan qandaydir turdagi bulut bo‘lib qolmaydi. Texnik muhit bulut
texnologiyasi deb hisoblanishi uchun, informatsion tizim virtual mashina,
operatsion tizim yoki bog‘lovchi dasturiy ta’minot konteyneri, yuqori bardoshli
operatsion tizim, grid-hisoblash dasturiy ta’minoti, saqlash resurslarini tahlil qilib
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva boruvchi dasturiy ta’minot, ko‘lamlashtiruvchi va klasterlovchi vositalardan iborat
tashkil etuvchilarga ham ega bo‘lishi zarur.
2.