9.5. Raqamli analitika (Digital Analitics)haqida tushuncha Digital-analitik sohasini yaxshi tushunadigan insonlar istalgan turdagi
kompaniya uchun kerakli bo’lgan mutaxassislikdir. Ayniqsa, biznes internet
tizimiga o’tganidan so’ng, bunday mutaxassislik juda ham muhim ahamiyatga ega
bo’lib qoladi. Mehnat bozorida talabgor bo’lishi uchun digital-analitik qanday
ko’nikmalarga ega bo’lishi kerakligini quyida ko’rib chiqishga harakat qilamiz.
Agarda kompaniya on-line da biznes yurita olmasa, u tarmoqni maqsadli auditoriya
bilan asosiy kommunikatsiya kanali sifatida ishlatadi. Bunda biznesga marketingni
yo’naltira oladigan, ma’lumotlarni tahlil qila oladigan va rivojlanish bo’yicha
maslahatlar bera oladigan mutahassislar kerak bo’ladi. Ammo bu bilan bir vaqtda
dunyoviy ma’lumotlar hajmi juda tez sur’atlarda ko’payib borayapti. Jahon
bo’yicha ma’lumotlar hajmi har yili 30% lar atrofida ko’payishi qayd etilgan.
Xuddi shuning uchun ham kompaniyalar katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qila
oladigan va bundan foydalangan xolda ma’lum hulosalar chiqara oladigan
mutaxassislarni topishga harakat qiladilar. Hozirda analitiklarga boshlang’ich
o’rtacha $1000 atrofida ish haqqi to’lanadi. Ammo bu ish haqqi tajriba va
ko’nikmalar oshishi bilan tezda kattaroq miqdorlarga ham yetadi. Masalan,
digital-analitikning o’rtahca oyligi
trud.com ma’lumotlariga ko’ra 2-2,5 ming
dollar atrofida bo’lar ekan. Agar siz bilimli, aqlli va o’z ishingizni sevsangiz,
digital-analitik sifatida sizni ishga olgan kompaniyada qadringiz va obruingiz juda
yaxshi bo’ladi.
Malakali digital-analitik quidagi bilim,ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi
talab qilinadi:
Tanlangan analitikaning instrumentariysini yaxshi bilish;
Digital-analitik
Google Analitics va
Yandex.metrika dan tashqari