Spendific deb nomlangan mibil
ilova foydalanuvchining bank hisob raqamiga ulanib, barcha sarf-harajatlarni
analiz qiladi va shundan so’ng, qancha pulni sarf qilish mumkinligini chamalab
beradi. Ilova real vaqt rejimida to’lovlarni hisobga olgan holda yangilanib turadi.
MoneyHub deb nomlangan ilova esa yuqoridagi barcha imkoniyatlarga ega
bo’lgan holda, uy yoki mashina sotib olish uchun pul yig’ish yoki pensiya
jamg’armasi qilish kabi uzoq muddati rejalashtirish amallarini ham bajara oladi.
Dastur turli hildagi stsenariylarni hisobab chiqadi va ular foydalanuvchining
moliyaviy holatida qanday ta’siq qilishini tahlil qiladi. Ko’pchilik fintex-
provayderlar hozirgi kunda internetni o’z servislarini rivojlantirish uchun maqsadli
platforma sifatida ishlatadilar. Zamonaviy iste’molchilarni smart soatlar, eng ilg’or
moliyaviy texnologiyalar va mobil to’lovlarning kengaytirilgan imkoniyatlari
o’ziga jalb qiladi. Uzoq muddat davomida ko’pchilik tomonidan tan olinmaganiga
qaramay, kriptovlyutalar ham asta-sekin kelajak valyutasi sifatida bir qancha
mamlakatlarda tan olinayapti. Masalan, Evrova, AQSH, Xitoy, Yaponiya kabi
davlatlarda bitkoin barter operatsiyalarida faol qo’llanilaypti. Ammo uning yanada
rivojlanishiga administrativ-xuquqiy bazaning yo’qligi va bir qancha administrativ
to’siqlar borligi imkon bermayapti. Nazariy jihatda bitkoin yoki qandaydir boshqa
kriptovalyuta universal valyuta bo’lib qolishi mumkin, ammo ko\pchilik
davlatlarning ichki qoidalari va siyosati hozircha bunga yo’l bermayapti. Yana bir
moliyaviy texnologiya turi kriptovalyutalarning asosi bo’lgan blokcheyn deb
nomlanadi. Bu bilan bog’liq masalalar risolamizning alohida bo’limlarida batafsil
ko’rib chiqiladi. Xulosa qilib aytganda, biz bank sektorining keng ko’lamli raqamli
transformatsiyasi davrida yashayapmiz. Ehtimol, yaqin o’n yillarda bank tizimi
oxirgi yuz yillardagiga nisbatan kattaroq miqyosda o’zgarishi mumkin.