Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
informatsiyadir. Bitkoinni olish uchun qandaydir dasturiy ta’minotning keragi
yo‘q, buning uchun adresni ko‘rsatish kifoya
va yana shunisi ham borki, faqat
to‘lovchigina tranzaksiyani tarmoqning boshqa qismiga jo‘natishga mas’ul bo‘ladi
xolos. Keng aholi ommasi asta-sekin bitkoin, kriptovalyuta va bitkoin
tushunchalarining asl ma’nosiga tushunib borayapti. Ammo xozirgi davrga qadar
ko‘pchilik insonlar ushbu tizimning o’zi nima ekanligini va u nima uchun xizmat
qilishini yaxshi tushunishmaydilar. Shuning uchun ham xozirgi kunlarni internet
yaratilayotgan kunlar bilan solishtirish mumkin – unda ham jamiyatning ko‘pchilik
a’zolari inqilobiy texnologiya haqida uning tamoillarini
tushunmagan xolda
eshitishgan va uning jamiyat xayotiga hamda iqtisodiyotga katta ta’sir qilishini
aniq sezishmagan. Xozirgi davrda blokcheynning holati brauzerlar paydo
bo‘lmasdan oldingi internet tizimining xolatiga o‘xshab ketadi. Blokcheyn tizimiga
ham kelajakda internetdagidek qulay va tushunarli bo‘lgan interfeyslar ishlab
chiqarilib, u shaffof xolatga keltirilsa, xuddi internet kabi undan ham keng
miqyosda foydalaniladi. Klassik tizim bilan blokcheyn
tizimining taqqoslanishi
quyidagi chizma orqali amalga oshirilishi mumkn:
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Blokcheyndan foydalanadigan eng birinchi iqtisodiyot tarmog’i sifatida bank
faoliyatini keltirishimiz mumkin. Shuni yana bir marta ta’kidlashimiz kerakki,
blokcheyn yangi, markazlashmagan, xavfsiz va shaffof yechim bo‘lib, uning
yordamida ma’lumotlarni saqlash va ularni o‘zaro almashinish, ularning
haqiqiyligini tekshirish mumkin hamda bu ishlar osongina amalga oshadi. Barcha
ishlar foydalanuvchi tomonidan bajariladi, jarayonda uchinchi ishonchli tomonning
ishtiroki talab qilinmaydi.
Blokcheynning innovativligi
va
originalligi
operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida xuddi shu uchinchi tomon ishtirokining
zarur emasligi ekanligidadir. Xozirgi paytda blokcheyn texnologiyasining eng
ma’lum va mashxur bo‘lgan ishlatilish sohasi kriptovalyutalar, kriptodevizlar va
bitkoinga o‘xshash raqamli pullardir. Ammo ushbu texnologiya boshqa
yo‘nalishlarda ham muvaffaqiyatli ravishda ishlatilishi mumkin. Xozirgi davrda
biz blokcheyndan foydalanishning bir qancha yo‘nalishlarinigina bilamiz, xolos.
Lekin uning imkoniyatlari biz tasavvur qilgandan ko‘ra ancha ko‘p
va keng
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
miqyoslidir hamda kelajakda blokcheyn bir qancha kutilmagan yo‘nalishlarda ham
ishlatilishi mumkin. Bitkoin blokcheynini yaratishdan asosiy (2009) maqsad,
moliya olamiga yordam berish emas, balki uni boshqasiga almashtirish bo‘lgan.
Bir qancha muddat o‘tganidan so‘ng, shu ayon bo‘ldiki, ushbu texnologiya
banklarning biznes modelini buzib yuborishi mumkin va boshqa tomondan bu
texnologiya bir vaqtning o‘zida ham imkoniyat, ham havf-xatar olib keladi. «Le
MOND» jurnalida bank va moliya tizimida
blokcheyn texnologiyasining
qo‘llanilishi xaqida quyidagi ma’lumot berilgan: «
Blokcheyn bu uberizatsiya
(Uber, Airbnbva boshqalar)ning eng oliy ko‘rinishidir. Blokcheyn yordamida
uberlashtirilgan xizmatlar ham ancha yaxshilanishi mumkin
». Bitkoin paydo
bo‘lishi va bu bilan bog’liq bo‘lgan ommaviy axborot vositalaridagi reklama
ko‘pchilik insonlarda
uning texnologiya olamiga, banklar faoliyatiga va boshqa
turdagi moliyaviy muassasalarga ta’siri xaqida tasavvur xosil qildi. Albatta bu
ajiotajdan moliya-bank sohasi mutaxassislari ham chetda qolishni istamadilar.
Ayniqsa, blokcheyn texnologiyasining minimal sarf-xarajatlar bilan hamda
markaziy boshqaruv organlariga murojaat qilmasdan turib, hisob-kitoblarni amalga
oshirishi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg’otdi. Blokcheynning bank tizimidagi
tavakkalchilikni kamaytirish, asosiy vositalarga
talabni kamaytirish, tarmoq
inforatuzilmasiga va kompyuter personaliga sarf-xarajatlarni kamaytirish hamda
ma’lumot ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini kamaytirishga imkon berishi tufayli
bank operatsiyalari olamini o‘zgartirishga tayyorligi unga bo‘lgan qiziqishni
yanada orttirdi.
Dostları ilə paylaş: