Masofaviy o‗qitishning pedagogik texnologiyalari - tanlangan
o‗qitish konsepsiyasiga asoslangan masofaviy ta‘limning o‗quv-
tarbiyaviy jarayonini ta‗minlovchi o‗qitish metodi va uslublar majmuasi.
Keys-texnologiya - masofaviy o‗qitishni tashkil qilishning shunday
uslubiki, masofaviy ta‘limda matnli, audiovizual va multimediali (keys)
o‗quv uslubiy materiallar majmuasi qo‗llanishga asoslanadi. TV-
texnologiya - masofaviy o‗qitishni tashkil qilishning shunday uslubiki, u
talabalarga o‗quv-metodik ma‗lumotlarni televidenie vositasi yordamida
etkazishga xizmat qiladi va tashqi aloqali ixtiyoriy interaktiv usullardan
biri bilan o‗rnatishga asoslanadi.
Masalan, ko‗pchilikka ma‘lum va ommabop bo‗lgan krossvord
o‗yini bolalarda qiziqish uyg‗otishi tabiydir. Krossvord ko‗rinishidagi
so‗rov shakli o‗quvchilar uchun har doim qiziqarli va o‗ziga tortadigan
metoddir. Ushbu o‗yinga o‗quvchilar shu darajada kirishib ketadilarki,
hatto, o‗zlari ham informatikaning turli mavzulari bo‗yicha krossvordlar
tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shakli foydali
bo‗lishi bilan birga, faqatgina kuchli o‗quvchilarnigina emas, balki
kuchsizlarni ham qamrab oladi.
Avvalo "interfaol (interaktiv)" tushunchani aniqlashtirib olaylik.
"Interaktiv" degan so‗z inglizcha "interact" so‗zidan kelib chiqqan.
"Inter" – o‗zaro, "act" – ish ko‗rmoq, ishlamoq degan ma‘nolarni
anglatadi. Demak, interaktiv deganda o‗zaro ish ko‗rish, faoliyat
ko‗rsatish yoki suhbat bilan yoki tartibda kim bilandir (inson bilan)
dialog (muloqot) holatida bo‗lish tushuniladi. Shunday qilib, interfaol
o‗qitish – bu, avvalambor muloqatli o‗qitish bo‗lib, jarayonning
borishida o‗qituvchi va o‗quvchi orasida o‗zaro ta‘sir amalga oshiriladi.
Interfaol o‗qitishning mohiyati o‗quv jarayonini shunday tashkil
etadiki unda barcha o‗quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‗lib,
erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega
bo‗ladilar.