mexanikaviy elementlar deyiladi. Mexanik elementlar tarkibiga ko‘ra minyeral, organik va
organo - minyeral zarrachalardan iborat Bu zarrachalar tog‘ jinslarining bo‘lakchalaridan
ayrim (birlamchi va ikkilamchi) minyerallar, chirindi moddalar va organik hamda minyeral
moddalarning o‘zaro ta’sirlaridan hosil bo‘lgan maxsulotlardan tashkil topgan.
Ona jins va tuproq tarkibidagi har xil o‘lchamdagi minyeral zarrachalarning foiz
hisobidagi nisbiy miqdoriga tuproqning m e x a n i k t a r k i b i deyiladi.
Mexanik elementlar o‘zining katta kichik o‘lchamlariga qarab fraksiyalarga bo‘linadi.
Zarrachalarning o‘lchamlari har xil bo‘lgani uchun ularni gruppalarga bo‘lib, klassifikatsiyalab
tuzilgan. V.R.Vilyams 1893, V.V. Dokuchaev 1886, Sabinin 1903, N.A Kachinskiy 1937,1957,
V.V. Oxotin 1940 va xakozolar klassifikatsiyalari mavjud. Xozirgi kunda tuproq fizikasida
mexanik elementlarning 10 dan ortik klassifikatsiyalalari mavjud.
N.A.Kachinskiyni (1943y) klassifikatsiyaga ko‘ra mexanik elementlar 6 gruppaga
bo‘linadi.
1.
Tosh 3 m dan katta
2.
SHag‘al 3-1 mm
3.
Kum 1-0,5: 0,5-0,25: 0,25-0,05
4.
To‘zon 0,05-0,01: 0.01-0,005: 0,005-0,001
5.
Loyqa 0,001-0,0001
6.
Kolloid 0,0001 dan kichik zarrachalar.
0,01 mm dan katta mexanik elementlar
fizikaviy qum 0,01 mm dan kichigi
fizik loy deyiladi .
Tuproq mexanik tarkibi tuproq unumdorligi uchun muxim ahamiyatga ega ekanligi
olimlarning o‘z ishlarida ko‘rsatib o‘tganlar, har bir olimni qilgan klssifikatsiyasi o‘ziga xos
bo‘lib ular tuproqning kelib chiqishining genetik xususiyatlariga e’tibor byergan xolda tuzilgan.
Ular bir-biriga o‘xshamaydi. 4-6-11-16 ta zarrachalar ajratgan va x.k.
Tuproqdagi mexanik elemetlar tabiiy sharoitda doimo o‘zgarishda bo‘ladi. Tuproqda
hosil bo‘lgan har xil organik kislotalar, oxak moddasi ta’sirida yoki mexanik zarrachalardagi
23
mavjud yuza tortish kuchlari, ya’ni Vandyer Vals kuchlari ta’sirida tuproq agregatlari, birlashib,
tuproq agregatlarini hosil qiladi.
D - 0,25 dan katta zarrachalar