26
chiqindilar bilan to‘ldirilgan yo‘llari; yirik ildizlar chirishidan to‘planadigan
ildiz qoldiqlari
;
struktura bo‘laklari ustida qoldirilgan noziq ildiz yo‘llari -
dendritlar
singarilar kiradi.
Yangi yaralmalarning u yoki bu chuqurlikda, turli
shaklda vujudga kelishi
tuproqlarning kelib chiqishi (genezisi) bilan bog‘liq. Bu hol ularning unumdorlik darajasini
belgilash va meliorativ chora tadbirlarni belgilashga imkon byeradi.
Tuproq qo‘shilmalari
Tuproq hosil bo‘lish jarayonida bevosita
ishtirok etmaydigan har
xil narsalar qo‘shilmalarga kiradi: ya’ni chig‘anoqlar, inson, xayvon suyaklari, pishiq g‘isht
bo‘laklari, ko‘mirlar, idish-tovoqlarning siniqlari, ildizlar hamda shoh - shabbalarning chirimay
qolgan
qismlari, xashorat va jonivorlarning inlari, toshlar, shag‘al toshlar, chag‘irtoshlar va
hokozolar.Tuproq qo‘shilmalari tuproq hosil bo‘lish jarayonida ishtirok etmaydi. CHunki ular
qaysidir omil ta’sirida tuproq tarkibiga qo‘shilib qolgan bo‘ladi.
Qo‘shilma
deb, tuproq paydo bo‘lish jarayonlari bilan bog‘lik bo‘lmagan,
lekin
keyinchalik tashqaridan aralashib qo‘shilib qolgan organik va minyeral moddalarga aytiladi.
Hayvonlarning suyagi, turli chig‘anoqlar, o‘simlik qoldiqlari
biologik qo‘shilma
bo‘lib, tosh,
shag‘al va boshqa jism bo‘laklari
minyeral qo‘shilma
hisoblanadi. Bulardan tashqari ko‘mir
bo‘lakchalari,
uy hayvonlari suyaklari, uy-ro‘zg‘or buyumlari siniqlari (sopol va chinni idish
bo‘laklari) va insonlarning suyaklari kabi narsalar arxeologik qo‘shilmalardir. Bu
qo‘shilmalarni o‘rganish natijasida tuproqning yoshi va insonlarning tuproqqa ta’siri
tarixini
aniqlash mumkin.
Qo‘shilmalar kelib chiqishiga qarab 4 xil ga bo‘linadi:
Dostları ilə paylaş: