27
4- MA’RUZA:
TUPROQDAGI ORGANIK MODDALAR
Reja:
1.
Tuproqdagi organik moddalarning manbai, miqdori va tarkibi.
2.
Organik va kimyoviy birikmalarning tuproqda parchalanishi
3.
Organik moddalar sxemasi
4.
Tuproqda gumus (spetsifik organik moddalar) ning hosil bo‘lishi va u haqidagi
asosiy nazariyalar.
5.
Tuproq gumusining tarkibi va xossalari.
6.
Turli tuproqlarda gumus miqdori, sifat tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar.
7.
Tuproq unumdorligini oshirishda gumusning roli.
8.
Tuproqdagi gumus miqdorini ko‘paytirish usullari.
9.
Gumusni aniqlash usullari
Tuproqning organik qismi turli xildagi va tarkibdagi organik moddalardan tashkil topgan.
Bu organik moddalar o‘simliklar, jonivorlar va mikroorganizmlarning har xil darajada chirigan
qoldiqlaridan hamda tuproqning o‘ziga xos moddasi - gumus yig‘indisidan iborat. Gumus
murakkab kimyoviy tarkibli azot saqlovchi yuqori molekulyar modda kompleksi bo‘lib, odatda
qoramtir tusli va tuproqqa tekis singib ketgan hamda minyeral qismi bilan juda mustahkam
birikkan holatdadir.
Tuproqning organik moddalari tarkibida doim turli organizmlarning tirik hujayralari va
tuproq faunasi (jonivorlari) ham ishtirok etadi.
Tuproqlar organik qismining tarkibi taxminan quyidagi nisbatda: gumus 85 foiz, o‘simlik
qoldiqlari 10 foiz, tuproq florasi va faunasi (tirik zamburug‘lar, suv o‘tlari, baktyeriya va
aktinomitsetlar, yomg‘ir chuvalchanglari kabilar) 5 foiz chamasida bo‘ladi.
Yashil o‘simliklar eng ko‘p biomassa to‘plash imkoniyatiga ega. Ularning har yili
to‘playdigan biomassasi umurtqasiz hayvonlar va mikroorganizmlarga nisbatan o‘nlab yuzlab
marotaba, umurtqali hayvonlarga nisbatan esa bir necha ming marotaba ko‘p. SHuning uchun
ham tuproqdagi organik moddalarning asosiy qismi yashil o‘simliklarning yer yuzasiga
tushadigan qoldiqlari va ildizlari hisobiga bo‘ladi (7-rasm).
Tuproqda to‘planadigan organik qoldiqlar tarkibida
Dostları ilə paylaş: