Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

gumosfyera
deb 
hisoblaydi. Uning ko‘rsatishicha, tuproqda to‘planadigan o‘simlik qoldiqlarining 1 g quruq 
moddasida taxminan 17-21 kJ miqdorida enyergiya to‘plangan bo‘ladi. 
Tuproqning organik moddalaridagi enyergiya mikroorganizmlar va har xil jonivorlarning 
faoliyatida, tuproqda kechadigan turli jarayonlar va umuman tuproq unumdorligini saqlab turish 
uchun sarflanadi. I.V.Kuznetsov ma’lumoticha chimli-podzol tuproqlarda gumus miqdorini 2,5-
3 dan 5-6 foizgacha ko‘paytirish natijasida haydalma qatlamdagi suvga chidamli struktura 50 
foiz oshadi, umumiy g‘ovakligi dastlabkisiga nisbatan 55-60 foiz, eng kam nam sig‘imi 43-44 
foizga ortadi. 
Gumus miqdori ko‘p bo‘lgan tuproqlar tez etiladi, mexanik haydashda kam kuch va 
enyergiya sarflanadi, tuproq zichligi kamayadi. Tuproqning fizik-kimyoviy xossalari (singdirish 
sig‘imi, bufyerligi) organik moddalar miqdoriga bevosita bog‘liq holda o‘zgaradi. Gumus 
birinchi galda azot manbai bo‘lib, o‘simlik o‘zi uchun zarur azotning 50 foizini tuproq 
zahirasidan oladi. Tuproqdagi organik moddalar minyeral o‘g‘itlarning samaradorligini 
oshiradi. 
Tuproqning biologik aktivligi undagi organik moddalar bilan bevosita bog‘liq. Gumusi 
ko‘p bo‘lgan tuproqlarda mikroorganizmlar va umurtqasiz jonivorlarning turlari nihoyatda 
xilma-xil. 
Tuproqning fyermentativ aktivligi ham yuqori. Organik moddalar tuproq yuzasi havosi 
tarkibidagi karbonat angidridi miqdorini oshiradi. Bu o‘z navbatida fotosintez jarayonini 
kuchaytiradi. YUqori biologik aktiv tuproqlarda, odatda, ekinlardan yuqori hosil olish uchun 
qulay sharoit mavjud bo‘ladi. 
Keyingi o‘n yillar davomida qishloq xo‘jaligida ekstensiv dehqonchilik olib borilishi 
natijasida tuproqdagi gumus miqdori keskin kamayib ketdi. Bu o‘z navbatida tuproqning 
biologik aktivligini kamaytirib, unumdorligini pasayishiga olib kelmoqda. 
Ma’lumki O‘zbekiston tuproqlari gumuchga kambag‘al bo‘lib uning umumiy miqdori och 
tusli bo‘z tuproqlarda 1 % , tipik bo‘z tuproqlarda 1-1,5 % , to‘q tusli bo‘z tuproqlarda 1,5 dan 


36
2,5 % atrofida. Tuproqdagi gumus miqdorini aniqlash tuproq xossalari va unumdorlik darajasini 
belgilashda muxim ahamiyatga ega. Gumus miqdorini aniqlashning bir necha Gustavson, 
Knop, Robinzon, Ishchyerikov va Tyurin usullari mavjud bo‘lib, bular ichida ko‘p vaqt talab 
qilmaydigan I.V.Tyurin usuli hisoblanadi. Aslida sho‘rlangan tuproqlarni Knop usulida 
aniqlanadi. 
 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin