48
TUPROQ EROZIYASI
Tuproq yeroziyasi, deb mayda qum va chang zarrachalarining suv bilan yuvilish va
shamol yordamida olib ketilishi jarayoniga aytiladi.
Yeroziya ikki turga geologik va tuproq yuvilishiga bo‘linadi. Birinchi xili
,
ya’ni geologik
yeroziya muzliklar harorati, yerishi, suv oqimi, havo haroratining o‘zgarib turishi natijasida tog‘
jinslari emirilib, maydalanib, yonbag‘irlar, daryo yotqiziqlari, pillapoyalar, vodiylar hosil qiladi.
Insonlarning o‘rmonlarni qirqishi, tabiiy va lalmikor yerlarni haydashi, yaylov sifatida
chorvachilikda o‘tloq yerlardan foydalanish, sug‘orish natijasida tuproq yeroziyasi rivojlanadi.
Dunyo bo‘yicha quruqlikdagi yerning 31 % suv yeroziyasi va 34 % shamol yeroziyasiga
mubtalo bo‘lishi natijasida 430 mln. ga yerdan 60 mlrd. tonna mahsulot tuproqdan olib chiqib
ketiladi. SHu davrgacha qishloq xo‘jaligida foydalanilgan yerdan ikki milliard gektar va 2020
yil oxiriga borib esa yana bir milliarddan eiyod gektar yer yeroziya natijasida ishdan chiqishi
mumkin degan taxminlar bor
.
Yeroziya sodir bo‘lgan maydonlarda suv va shamol tuproqning unumdor qatlamning
emirib, bir joydan ikkinchi joyga olib borib yotqizadi. Natijada tuproqning unumdorligi
pasayib, bu yerga ekilgan ekinlarning hosildorligi nihoyatda kamayib ketadi. Yeroziyalanish
jarayoni butun dunyoda keng tarqalgan.. SHuning uchun ham bu jarayon xalq xo‘jaligiga
jumladan, qishloq xo‘jaligiga juda katta zarar etkazadi.
Dostları ilə paylaş: