Tarqalishi. Rossiyaning Dnepr, Volga, Don, daryolarining tarmoqlari oqadigan
maydonlar Stavropol baland tekisliklari, Zavoljening yuqori kismlari, O‘rta Osiyo tog‘liklari va
tog‘ oldi qirlaridagi tuproqlar suv yeroziyasiga uchrab turadi. Sug‘oriladigan maydonlar va
ularning atrofidagi tuproqlar jarlik yeroziyasi shaklida, suv yeroziyasiga uchragan.
Qurg‘oqchil o‘lkalardagi, ayniqsa cho‘l va chala cho‘l tuproqlari shamol yeroziyasiga
uchraydi. SHamol yeroziyasiga uchragan tuproqlar O‘rta Osiyoning cho‘l mintaqasi va qumli
sahrolarining tuproqlari shamoldan yeroziyalanib, qishloq xo‘jaligiga katta zarar keltirgan.
Ba’zan shamol yeroziyasi Qozog‘iston va Ukraina yerlarining 40-50 % maydoniga zarar
etkazgan.
Suv yeroziyasi turlari. Tuproqning suv ta’sirida emirilishi ikki xil -
yoppasiga va uzunasiga bo‘ladi. Tuproqning yoppasiga emirilishi eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, nishab yerlarda
yomg‘ir, qor suvlari tuproqning unumdor qatlamidan, har bir qatlamlikdagi tuproq zarrachalari
bilan birga oziqaviy moddalarni ham past va tekis joylarga keltirib yotqizadi. Tuproqning ana
shunday emirilgan qismida oziqaviy moddalar etishmasligi sababli, o‘simliklar nimjon bo‘lib,
notekis o‘sadi va hosildorlik keskin kamayadi. Kuchli yeroziyalangan maydonlarda esa, ba’zan
o‘simlik mutlaqo o‘smaydi. Nishabi past yerlarda va emirilish natijasida, oziqaviy
moddalarning nihoyatda ko‘p to‘planishi sababli, o‘simlik g‘ovlab o‘sadi va hosili kam bo‘ladi
yoki hosili bo‘lsa ham pishib etilishiga ulgurmaydi.
Uzunasiga emirilishda esa suv ta’sirida tuproq bo‘ylamasiga chuqur o‘yilib, tuproqning
unumdor qatlami bilan birga hatto tuproqning ona jinsi ham emirib ketadi. Natijada har xil
chuqurlik va jarliklar paydo bo‘ladi.
Sug‘orish (irrigatsion) yeroziyasi sug‘orib dehqonchilik qilinadigan baland-
pastliklarda, ekinlarni sug‘orish texnikasiga etarli rioya qilmaslik natijasida kelib chiqadi. Bu
yeroziya tufayli suv jo‘yaklarini yuvib, daladan juda ko‘p miqdorda mayda zarrachalarni oqizib
49
ketadi, natijada tuproq unumdorligi pasayadi hamda bunday yerlarda o‘simlik yaxshi o‘sa
olmay uning hosili kamayadi.
Suv yeroziyasi tashqi va ichki omillar ta’sirida kelib chiqadi.