56
kengayib xozirgi kunda sug‘oriladigan yerlarda boshoqli ekinlar 1 mln. ga, sholi 137 ming. ga,
lalmi yerlarda 300 ming.ga yerga don ekinlari ekilmoqda.
Donli ekinlar morfologik va biologik belgilariga qarab 3
ta biologik guruxlarga
bo‘linadi.
1. Birinchi guruxga xaqiqiy don ekinlari-qo‘ng‘irboshlilar (Roaseae) oilasiga mansub bo‘lgan
baxorgi (bug‘doy, arpa, javdar, suli va tretikale) va kuzgi (bug‘doy, arpa, javdar, suli) don
ekinlari kiradi.
Bu guruxning asosiy belgilari :
-
d
onida uzunasiga ketgan egatcha bo‘ladi
-bir nechta (3-8) boshlang‘ich murtak ildizcha chiqarib unadi
-boshig‘ining pastki gullari juda kuchli rivojlangan
-gul to‘plami boshoq yoki ro‘vakdan iborat
-issiqlikka talabchan emas
-uzun kunli o‘simliklari
-namga juda talabchan
-dastlabki fazalarida tez rivojlanadi
-kuzgi va baxorgi formalari bor
2.
Ikkinchi guruxga-tariqsimon ekinlar kiradi. Roaseae oilasiga
kiradigan ekinlardan
makkajo‘xori, jo‘xori (oq jo‘xori), tariq, sholi va Rolygonaceae (marjumakdoshlar) oilasiga
mansub marjumak(grechixa) kiradi.
Bu guruxning asosiy belgilari:
-donida uzunasiga ketgan egatcha bo‘lmaydi,
-doni bittadan boshlang‘ich murtak
ildiz chiqaradi
-gul to‘plami ro‘vak yoki so‘tadan iborat
-boshog‘ining yuqorigi gullari yaxshiroq rivojlangan
-faqat baxorgi navlari bo‘ladi
-issiqqa talabchan
-qurg‘oqchilikka chidamli (sholidan tashqari).
-qisqa kun o‘simligi
-dastlabki fazalarida sekinroq rivojlanadi
3. Uchinchi gurux-dukkakli-don ekinlari. Bu gurux vakillari dukkaklilar (Fabaceae) oilasiga
mansubdir.
Bularga-loviya, soya, no‘xat, ko‘k no‘xat, yasmiq, burchoq, mosh, soya ekinlari
kiradi. Bu ekinlarning hammasi o‘q ildizli,
bargi murakkab, mevasi dukkak, urug‘ida
oqsil
modda ko‘p bo‘ladi. Biologik jixatidan dukkakli ekinlar xilma-xil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: