60
Bug‘doy noni ta’mi va qiymati bo‘yicha boshqa don ekinlari unidan tayyorlangan nondan ustun
turadi. 100 gr bug‘doy nonida 245-255 kkal, 100 gr makaron va bug‘doy yormasidan 355-358
kkal bo‘ladi.
Bug‘doy donida 11 dan 20% gacha oqsil, 63-74% kraxmal, 2%
gacha moy va shuncha
miqdorda kletchatka va kul bo‘ladi. Bug‘doy donining sifati ya’ni tarkibidagi oqsil,
uning
naviga, bug‘doy etishtirilayotgan mintaqaning tuproq-iqlim sharoitiga qarab o‘zgaradi. Bug‘doy
nondan tashqari makaron va kandityer maxsulotlari tayyorlash uchun ishlatiladi. Donidan spirt,
kraxmal, kley va boshqa xar xil texnik maxsulotlar olinadi. Un tayyorlashdagi chiqindilari va
xashagi mollar uchun ozuqa va to‘shama sifatida ishlatiladi. Kuzgi bo‘g‘doy yertagi ko‘kat
o‘g‘it uchun ekiladi.
Bug‘doy qadimiy o‘simlik bo‘lib u dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida ekiladi.
Bug‘doyning vatani Osiyo mintaqasi. Bo‘g‘doy Iroqda 6500 yil oldin,
Xitoyda bizning
yeramizdan 3000 yil oldin ekilgan. Lotin Amyerikasida bug‘doy ekin sifatida Amyerika kashf
qilingandan keyin ma’lum bo‘lgan (1526 yildan keyin). Bug‘doy ekiladigan mamlakatlarga:
Xitoy, AQSH,
Xindiston, Kanada, Fransiya, Argentina kiradi.
Evropada va AQSH da kuzgi
bo‘g‘doy ko‘proq ekiladi.
Dunyo dexqonchiligida bug‘doy 239 mln gektar yerga ekiladi. O‘rtacha xosildorligi
gektariga 25 s ni tashkil etadi.
O‘zbekistonda 1998 yili sug‘oriladigan maydonlarda 1
mln gektar yerga, lalmikor
yerlarda 300 ming.ga ekilgan. Xosildorligi lalmikor yerlarda 8-12 s ga, sug‘oriladigan yerlarda
o‘rtacha 35-40 s ni tashkil etgan. Ayrim ilg‘or xo‘jaliklarda gektaridan 70-80
s don xosili
olinmoqda.
Dostları ilə paylaş: