tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]
Kuzgi bug‘doy Barcha donli ekinlar biologik xususiyatlariga ko‘ra kuzgi va baxorgi shakllarga
bo‘linadi.
Kuzgi bug‘doy eng qimmatli va syerxosil don ekinlari qatoriga kiradi. U kuzgi va yerta
baxordagi namlikdan hamda oziq moddalaridan yaxshi foydalanadi. Baxorgi bug‘doyga
qaraganda qurg‘oqchilikdan kam qiynaladi. Kuzgi bug‘doy kuzda ekilib, qishlab chiqqandan
keyin, kelasi yili xosil byeradi. Kuzgi bug‘doyning baxorgi bug‘doydan farqi, ularning birinchi
boshlang‘ich rivojlanish davri past (0
0
dan 10
0
gacha ) xaroratda 30-65 kun davom etadi.
Baxorgi bug‘doy esa boshlang‘ich rivojlanish davrini 5-10
0
va undan yuqori xaroratda 7-12 kun,
ya’ni tez muddat ichida o‘tadi. Demak, biologik jixatdan kuzgi navlarni baxorda ekish mumkin
emas, chunki baxorda talab qilinadigan xarorat bo‘lmaganligi sababli, o‘simliklar faqat
tuplanadi xolos, mutlaqo boshoq chiqarmay va xosil byermaydi.
Kuzgi bug‘doy urug‘i 1
2
0
S da unib chiqa boshlaydi, ammo xarorat 14
15
0
S bo‘lganda
urug‘lari tez unib chiqadi. Bug‘doy uchun muqobil xarorat 18
20
0
S. Kuzgi bug‘doy navlari -
10
0
S va undan ham past sovuqga chidaydi. Qorsiz qishda bug‘doy -16-18
0
S da nobud bo‘ladi.
Qor qalinligi 20 sm bo‘lganda -30
0
S sovuqga chidaydi. Bug‘doy namsevar o‘simlik,
transpiratsiya koeffitsenti 450-600. Namni tuplanish, boshoqlanish va gullash davrlarida ko‘p
talab qiladi. Kuzgi bug‘doy nam etarli bo‘lsa 8-10
0
S da yaxshi tuplaydi. Kuzgi bug‘doy uzun
kunli o‘simlik, kun yorug‘ligi uzaysa bug‘doyning rivojlanishi tezlashadi. Respublikamizning
iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan xolda sentyabr oyining birinchi, ikkinchi o‘n kunligidan
boshlab oktyabr oyining oxirigacha ekib bo‘linishi kyerak..
Kuzgi bug‘doy oziq moddalarga talabchan. Tuproqdan ko‘p miqdorda azot oladi. 1 s don
va tegishli somon etishtirish uchun tuproqdan 2,4 -4,2 kg azot, 1,0-1,7 kg fosfor va 1,5-3,5 kg
kaliy o‘zlashtiradi. O‘zbekiston “G‘alla” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ma’lumotlariga
qaraganda kuzgi don ekinlariga sug‘oriladigan yerlarda gektariga azot - 180 kg, fosfor - 90 kg
va kaliy - 60 kg byeriladi. Lekin unumdorligi past bo‘lgan tuproqlarda bu miqdor 10-15% ga
ko‘paytiriladi. Urug‘ ekin me’yori la’lmi yerlarda gektariga 60-70 kg dan 120-125 kg gacha,
sug‘oriladigan yerlarda esa 180-220 kgni tashkil qiladi.
Kuzgi bug‘doy unumdor, tuproq reaksiyasi neytral sharoitda rN 6,5-7,5 sharoitda yaxshi
o‘sadi va rivojlanadi. Kuzgi bug‘doy qoratuproqlar, kashtan va bo‘z tuproqlarda mo‘l xosil
byeradi. Kislotali va qumli, botqoqli tuproqlarda yaxshi o‘smaydi.
O‘zbekistonda ekiladigan navlariga : YOnbosh, Marjon, Unumli bug‘doy, Baxt, Intensiv,
SHarora, Spartanka, Skifyanka, YUna, Sanzar-4, Sanzar-6, Sanzar-8 navlari kiradi.