Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

 
 


63
10-MAVZU: 
DUKKAKLI DON EKINLARINING ASOSIY XUSUSIYATLARI 
 
 
Reja: 
 
1.
 
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
2.
 
Dukkakli don ekinlarining botanik xususiyatlari
3.
 
Soya. Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati 
 
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
.. Dukkakli don ekinlari dexqonchilikda uchta asosiy 
vazifani: o‘simlik oqsili masalasini, don etishtirishni ko‘paytirishni va tuproq unumdorligini 
oshirishni xal etishga yordam byeradi.
Dukkakli don ekinlari oqsilning miqdori bilan emas, balki ularning sifati bilan ham farq 
qiladi. Dukkakli ekinlarning doni mollar uchun qimmatli konsentrat oziq hisoblanadi, pichani, 
silosi va ko‘kati juda to‘yimli bo‘ladi. Dukkakli don ekinlarining urug‘i, poyasi va bargida donli 
ekinlarinikiga qaraganda 2-3 baravar ko‘p oqsil bo‘ladi. SHuning uchun em-xashakning oqsil 
tarkibini yaxshilash maqsadida dukkakli don ekinlari boshqa ekinlarga aralashtirib ham ekiladi. 
Soya va lyupin urug‘ida oqsil ayniqsa ko‘p 30-50% bo‘ladi. Dukkakli don ekinlarining poxoli 
va to‘ponida 8-14% gacha, don ekinlari poxolida esa faqat 3-4% oqsil bo‘ladi. Ba’zi dukkakli 
don ekinlarining urug‘ida odam va xayvonlar uchun zarur bo‘lgan barcha aminokislotalar, shu 
jumladan, zaruriy aminokislotalar bo‘ladi (lizin, metionin, triptog’an). Urug‘i tarkibida zaruriy 
aminokislotalarning miqdori va ularning nisbatiga ko‘ra, soya birinchi o‘rinda turadi. Dukkakli 
don o‘simliklari tarkibidagi oqsil miqdori ularning navi, tuproq-iqlim sharoitiga va 
agrotexnikaviy xususiyatlariga juda bog‘liq bo‘ladi. Dukkakli don ekinlarining urug‘ida va 
ayniqsa vegetativ organlarida vitaminlardan (A, V, V
2
, S) ham bo‘ladi. Dukkakli ekinlarning 
agrotexnikaviy ahamiyati shundaki, ular yerda ko‘p miqdorda organik moddalar to‘playdi, 
dexqonchilikdagi azot balansini yaxshilaydi va ularning ayrimlari (lyupin, no‘xat va xashaki 
dukkaklilar) qiyin yeriydigan fosfatlarni o‘zlashtiriladigan shaklga aylantiradi. 
Dukkakli o‘simliklar ildizlaridagi tuganaklarida bo‘ladigan tuganak baktyeriyalar 
yordamida atmosfyera azotini biriktirib olib, azot bilan tuproqni boyitadi. 
M.V.Fedorov ma’lumotlariga ko‘ra, lyupin 400 kg gacha, beda 150 kg, yung‘ichqa 130 
kg, no‘xat va vika 100 kg, soya 150 kg atmosfyera azotini o‘zlashtiradi. 
Dunyo dexqonchiligida dukkakli don ekinlari 135 mln 

gektar atrofida ekiladi.
Dukkakli don ekinlari Xindiston, Xitoy va Amyerikada keng tarqalgan. Respublikamizda 
dukkakli don ekinlari 1998 yili 22,2 ming 

ga atrofida ekiladi. O‘zbekistonda ko‘proq mosh, 
jaydari no‘xat, soya, oddiy no‘xat, loviya ekiladi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin