“tasdiqlayman” “O'zbekiston temir yo’llari” aj osfy menejep tosp muhandisi


Ishlab chiqarishda ishchiga keltirilgan ziyonni qoplab berish bo'yicha korxonaning



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/33
tarix14.09.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#143381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
95c89d9b3b09d9c21b6e0957be38abdb

Ishlab chiqarishda ishchiga keltirilgan ziyonni qoplab berish bo'yicha korxonaning
moddiy javobgarligi?
Ma'muriyatning aybi bilan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi 
natijasida mehnat qobiliyatini to'liq yoki qisman yo'qotgan xodimga O'zbekiston 
Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va miqdorda korxona bir marta beriladigan 
nafaqa to'laydi hamda sog'liqqa etkazilgan shikast uchun tovon to'laydi. Bir marta 
beriladigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasi (bitimi) bilan belgilanadi va 
jabrlanuvchining bir yillik maoshidan kam bo'lmasligi lozim. Agar xodim davolanish, 
protez qo'ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga muhtoj bo'lsa, 
korxona jabrlangan xodimga bu tadbirlar bilan bog'liq harajatlami to'laydi, shuningdek 
jabrlanuvchining kasbini o'zgartirib qayta tayyorlanishini va tibbiy xulosaga muvofiq 
ishga joylashishini ta'minlaydi yoki ana shu maqsadlar uchun ketadigan xarajatlami 
qoplaydi.
Ish vaqti va uning normal davomiyligi?
Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq 
o'z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo'lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi. Xodim uchun 
ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo'lishi mumkin emas. Olti 
kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati etti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa 
sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish bo'yicha
ma'muriyatning majburiyati?
Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni normativ xujjatlarda 
belgilangan muddatlarda o'z vaqtida tekshirishi va hisobga olib borishi shart. 
Jabrlanuvchining talabiga binoan tekshiruv tugagan kundan e'tiboran uzog'i bilan uch kun 
ichida ish beruvchi shu baxtsiz hodisa to'g'risida dalolatnoma berishi shart. Baxtsiz 
hodisa yuz bergan joydagi korxona (tsex) rahbari darhol hodisa to'g'risida ish beruvchiga 
va kasaba uyushmasiga yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organiga xabar 
qilishi shart. Ish beruvchining buyrug'iga ko'ra ish beruvchi va kasaba uyushmasi 
qo'mitasi vakillari yoki xodimlaming boshqa vakillik organi tarkibida komissiya tuziladi. 
Komissiya: uch sutka ichida baxtsiz hodiisani tekshirib chiqishi, guvohlar va mehnat 
muhofazasi qoidalari, mehnat muhofazasi talablarini buzishga yo'l qo'ygan shaxslarni 
aniqlab so'roq qilishi, imkoni bo'lsa, jabrlanuvchidan tushuntirish xati olishi kerak. Ish 
beruvchining aybi aniqlanganda va normativ xujjatlar bilan aniqlanadigan boshqa 
xolatlarda ish beruvchi N-l shakldagi dalolatnomani tuzadi. N-l shakldagi dalolatnoma 
bilan rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa korxona tomonidan hisobga olinadi.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin