O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


 Xususiy kapital va moliyaviy natijalar hisobi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/23
tarix14.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#143390
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
 
9. Xususiy kapital va moliyaviy natijalar hisobi
Xo‘jalik subyekti kapitali, uning tarkibi (ustav, qo‘shilgan, rezerv). 
Kapitalning korxonada tutgan o‘rni va vazifalari, ularni tashkil qilish manbalari. 
Kapitalning harakatini hisobga olish tartibi, rezerv fondini tashkil qilish va undan 
foydalanish hisobi.
Moliyaviy natajalarni aniqlash hisobi, asosiy, moliyaviy va umumxo‘jalik 
faoliyatdan olingan moliyaviy natijalar hisobi. Soliq to‘langunga qadar foydani 
aniqlash hamda sof foydani aniqlash va taqsimlash hisobini o‘rganish, shu bilan bir 
qatorda ushbu mavzu bo‘yicha kerakli hujjatlarni hisobotga ilova qilish kerak.
 
10. Moliyaviy hisobot
O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotning to‘ldirilishi to‘g‘risida 
hisob siyosati, moliyaviy hisobotning vazifasi, uning tarkibi va tuzilishi, moliyaviy 
hisobotning davri hamda ularni tashqi fodalanuvchilarga taqdim etish tartibi bilan 
tanishishlari lozim.
Hisobotga mazkur mavzu bo‘yicha quyidagi hisobot shakllari ilova qilinadi:


11 
- “Buxgalteriya balansi” (1-shakl);
- “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”(2-shakl);
- “Pul oqimi to‘g‘risida hisobot”(4-shakl);
- “Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot”(5-shakl);
- Ilova va tushuntirishlar.
11. Korxonaning moliyaviy holati tahlili
Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida korxonalarning moliyaviy 
holatini o‘rganish tahlilning muhim va zaruriy yo‘nalishi hisoblanadi. Korxonaning 
moliyaviy holatini o‘rganishda buxgalteriya balansi asosiy ma’lumot manbasi 
bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu mavzu yuzasidan talaba korxonaning buxgalteriya balansi asosida mol-
mulk va manbalarni tarkibi, tuzilishi, dinamikasi bilan tanishib chiqadi, balans 
moddalaridagi o‘zgarish sabablarini aniqlaydi. Korxona balansi aktividagi uzoq 
muddatli aktivlar, joriy aktivlarni tutgan ulushini, ularni yil boshiga nisbatan 
o‘zgarishi, o‘sish sur’atlari aniqlanadi. Joriy aktivlari tarkibidagi strukturaviy 
o‘zgarishlar bo‘yicha xulosalar beriladi.
Mazkur mavzu yuzasidan talabalar yana quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim 
bo‘ladi: korxona mol-mulkining tashkil topish manbalarini tahlil qilish. 
Korxonaning o‘ziga qarashli aylanma mablag‘larini mavjud summasini hisoblab 
topish va ularni o‘zgarish sabablarini aniqlash. Korxonaning o‘z aylanma 
mablag‘larini holatini tahlil etish. Korxonaning ishlab chiqarish potensialini yil 
boshiga nisbatan o‘zgarishini tahlil qilish. Buxgalteriya balansi ma’lumotlari 
asosida balans likvidliligini tahlil qilish. Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil 
etish. Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash va ularni yil 
boshiga nisbatan o‘zgarishiga baho berish. Joriy mablag‘lar aylanishini tahlil etish. 
Joriy mablag‘larning ayrim elementlari bo‘yicha aylanishini aniqlash va ularni 
tezlashtirish chora-tadbirlarini belgilash. Korxona moliyaviy holatini yakuni 
bo‘yicha umumiy xulosa qilish.
Ishlab chiqarish amaliyot davrida talabalar mazkur mavzu bo‘yicha 
yuqoridagi savollarni o‘rganishlari bilan bir qatorda, har bir ta’lim yo‘nalishi 
talabalari o‘zlarining ixtisosligidan kelib chiqib quyidagi jihatlarga ko‘proq e’tibor 
qaratishlari tavsiya etiladi.
Talabalar mazkur mavzuni o‘rganishda asosiy e’tiborni quyidagilarga 
qaratishlari tavsiya etiladi:

korxonalar moliyaviy holatiga to‘liq va keng ravishda baho berishga;

korxonalarning mavjud moliyaviy resurslardan qanday darajada samarali 
foydalanayotganligiga baho berishga;

korxonalarning ma’lum bir faoliyat yo‘nalishlarini moliyalashtirish 
manbalarini o‘rganishga;

moliyaviy koeffisientlarni tahlil etishga;

korxonaning umumiy moliyaviy holatiga;

korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil etishga;


12 

korxonaning kreditga layoqatliligini tahlil etishga;

korxona balansi likvidliligini tahlil etishga;

korxonaning joriy mablag‘larini aylanish tezligini o‘rganishga.
1. Yalpi foyda hamda asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foydaning o‘zgarishi va 
unga ta’sir etgan omillarni hisoblash.
2. Umumxo‘jalik faoliyatidan ko‘rilgan moliyaviy natijalarni tarkibi, tuzilishi 
va dinamikasini tahlil qilish.
3. Davr xarajatlarini tarkibi, dinamikasini tahlil etish, uning tarkibidagi 
oqlanmagan ortiqcha xarajat va unumsiz xarajatlar summasini hisoblash.
4. Foydani ishlatilishini tahlil qilish. Korxona rentabellik ko‘rsatkichlarini 
aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillarni hisoblab topish:
5. Ishlab chiqarish rentabellik darajasiga omillar ta’sirini hisoblash zarur:

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin