O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

Tashqi iqtisodiy siyosat.
Xalqaro savdo samaradorlik va iqtisodiy 
o‗sishni, aholi turmush darajasini oshiradi. Tashqi savdoning muhim 
ko‗rsatkichi sof eksport hisoblanadi, bu eksport qiymati va import 
qiymati o‗rtasidagi farqdir. Agar eksport importdan oshsa, ortiqcha, agar 
import eksportdan oshsa, savdo defitsiti mavjud. 
Savdo siyosati
eksport va importni rag‗batlantiradigan yoki 
cheklaydigan tariflar, kvotalar va boshqa tartibga solish vositalarini o‗z 
ichiga oladi. Tashqi sohani tartibga solish turli xil iqtisodiy rayonlarda 
makroiqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish orqali amalga oshiriladi, 
lekin asosan valyuta bozorini boshqarish orqali amalga oshiriladi, 
chunki tashqi savdoga mamlakat valyuta kursi ta'sir qiladi. 
Asosiy makroiqtisodiy masalalar: 
• iqtisodiy sikllarni tahlil qilish; 
• inflyatsiya va ishsizlikning o‗zaro ta'siri; 
• barqaror iqtisodiy o‗sishga erishish; 
• iqtisodiyotning real va pul sohalarining o‗zaro ta'siri; 
• mamlakat savdo balansini tahlil qilish; 
• milliy bozorlarning mamlakat ichkarisida va iqtisodiyotning 
tashqi sektori bilan aloqasi; 
• davlatning samarali makroiqtisodiy siyosatiga erishish. 
Makroiqtisodiyot 
umumiy 
iqtisodiy 
nazariyaning 
bo‗limi 
hisoblanib, unda milliy xo‗jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental 
muammolari tadqiq qilinadi. 
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko‗rinishi o‗zaro farqlanadi: 
a) pozitiv Makroiqtisodiyot; 
b) normativ Makroiqtisoiyot. 



Pozitiv Makroiqtisodiyot real iqtisodiy xodisalarni va ularning 
aloqadorliklarini o‗rganadi. 
Normativ Makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar 
maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq 
yo‗nalishlarini taklif etadi. 
Shu joyda Iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil bo‗limi sifatida 
Makroiqtisodiyot va Mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini o‗zaro 
farqlab olishimiz zarur. 
Mikroiqtisodiyot predmeti bo‗lib ―belgilangangan‖ iqtisodiy shart-
sharoitlarda uy xo‗jaliklari va firmalar darajasida iqtisodiy karor kabul 
qilish mexanizmi xisoblanadi. Mikroiqtisodiy tahlil obyekti bo‗lib alohia 
tovarlar bozorlari, resurslar bozorlari, ulardagi talab va taklif hisoblansa 
makroiqtisodiyotda milliy iqtisodiyot darajasida Mehnat, pul, tovarlar va 
xizmatlar bozorlarining o‗zaro munosabatlari va o‗zaro ta‘sirini tahlil 
qilinadi. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin