Tayanch tushunchalar:
Burch
- kishilarning biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan
oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha.
Davlat standartlari
- ta'limning zarur yetarli darajasiga
qo'yiladigan davlat talablarini belgilovchi mezon.
Didaktika
- pedagogikaning taTim va o'qitish nazariyasini
ishlab chiqaradigan tarmog'idir.
Komillik
- ongli insonga xos va mos bo'lgan xislat, aqliy-
ma'naviy darajadir.
Tarbiya
- aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosi
da tashkil etilib, shaxsni mehnat va ijtimoiy faoliyatga tayyor-
lashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon.
Tarbiya nazariyasi
- pedagogika fanining tarkibiy qis-
mi bo'lib, yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashning
mazmuni, metod va usullari hamda tashkil etish masalalari-
ni o'rganadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Maktabgacha pedagogika fanining predmetini yoriting.
2. Maktabgacha pedagogika fanining maqsad va vazifalari
haqida nimalarni bilasiz?
3. Maktabgacha pedagogika fani qaysi fanlar bilan aloqa-
dor?
48
4. Ilmiy tadqiqot metodlaridan kimlar foydalanadilar, ular
qaysilar?
5. Maktabgacha ta'lim didaktikasining asosiy xususiyatla-
rini izohlang.
6. Bilimlar dasturi qaysi tamoyillar asosida shakllantirila
di?
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
;1.Maktabda pedagogika fani qaysi fanlar bilan aloqador?
a) Falsafa, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya
b) Matematika, fizika
v) Kibernetika
g) Dialektik materializm
2.Pedagogikaning asosiy tushunchalari qaysilar?
a) O'qish, o'qitish
b) Ma'lumot, taTim, tarbiya
v) Qayta tarbiyalash
g) O'z-o'zini tarbiyalash
3.Pedagogika fan sifatida qaysi jamiyatda shakllangan?
a) ibtidoiy jamiyatda
bj quldorlik jamiyatida
v) feodalizm jamiyatida
g) sotsialistik jamiyatda
4. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari qaysilar?
a) Adabiyotlarni o'rganish
b) Kuzatish, suhbat, anketa yo'li bilan so'rash
v) Hujjatlar va bolalarni ishlarini o'rganish metodi, tajriba
o'rganish metodi
g) Hamma javoblar to'g'ri,
5. Tarbiyaning xususiyatlari qaysi bandda to'g'ri yoritilgan?
a) Komplektlilik, mantiqiy ketma-ketlik, uzviyli, uzliksiz-
lik, tizimlilik, yaxlitlik;
b j Tizimlilik, modelilik, dasturlilik, bilimdonlik, harakatli-
lik;
v) Boshqarish, hamkorlik, ishchanlik, sifatlilik, dasturlilik;
g) Ma'naviyat, optimanllik, tezkorlik, psixologik vaziyat.
49
|